Ota-ona 4 yoshlik farzandini uxlatishga yotqizayotganda:
-Yaxshi yotib tur bolam, quyoncha to'g'risida tush ko'rishni boshlagan bo'lsang kerak-a?-deydilar
Bolakay, mudragan ovozda, sekingina:
-yo'q hali, hozircha reklama bo'lyapti... * * *
Futbol matchi. VIP o'rindiqlarda 10 yoshli bola o'tiribdi. Tomoshabinlardan biri:
-Bolakay bunday qimmat biletga pulni qayerdan olding?
-Dadam olib berdilar.
-Dadangning o'zi qani?
-Uyda biletni qidiryaptilar.
* * *
Nabira buvisidan so'rabdi:
-Buvijon necha yoshsiz?...
-Oltmishda.
-Barmoqlaringizda ko'rsating...
* * *
-Necha yoshsan?
-Yaqinda sakkiz, hozircha esa uch...
* * *
-Qizaloq, suzishni bilasanmi?
-Ha bilaman.
-Qayerda o'rgangansan?
-Qayerda bo'lardi suvda-da!!!
* * *
-Oyingning ismi nima?
-Bilmayman.
-Dadang oyingni qanday chaqiradi?
-"Bu yoqqa qara".
* * *
Bir oilada bolakay yetti yoshigacha gapirmagan ekan. Bir kuni esa nonushta paytida deydi:
-Nimaga mening choyimga shakar solinmagan?
Xursand bo'lib ketgan ota-ona bexosdan:
-Nimaga oldin gapirmas eding?
-Oldin choyim doim shakarli bo'lardi-da!!!
* * *
Xursandlikdan ichiga sig'magan ota tug'uruqxonadan uyga keladi va o'g'liga qarab:
-Mana o'g'lim, endi sening kichkinagina singling bor!
-Dada, siz menga singil emas, kuchukcha olib kelib beraman degan edingiz-kuuu!!!
* * *
Bolakay do'stiga qarab:
-Ishonmaysan, mening kuchugim shunaqa qo'rqoq, shunaqa qo'rqoqki, eshik taqillasa, darhol divanning tagiga berkinib oladi.
-Senga farqi nima, berkinsa, berkinaversin.
-Nima?! Divanning tagiga ikkalamiz sig'maymizda...!!!
* * *
- Oyijon Yorqin bilan o'ynab kelsam maylimi?
- Yo'q u yomon bola...
-Unda borib, uni urib kelsam maylimi?
* * *
Bir qizaloq qumloqda o'tirib bir narsani kavshab o'tirar edi.
Uning oldiga katta odam kelib, so'rabdi:
-Ey qizaloq nima yeyapsan?
Qizaloq esa:
Bilmiman, o'ji shudralib keldi!?
* * *
Ota va o'g'il baliq oviga kelishibdi. Ota o'g'liqa qarab debdi:
-O'g'lim, baliqlarga olib kelgan nonni uzatvor.
-Dada men uni yeb qo'ydim.
-Unda menga bo'tqani ber.
-Men uni ham yeb qo'ydim.
-Unda mana bu chuvalchanglarni yeginda, keyin uyga ketamiz.
* * *
Ona qiziga debdi:
- Qizalog'im, nima qilyapsan?
-O'rtog'imga xat yozyapman.
-Axir yozishni bilmaysanku!
-Aaa, qo'yavering, u ham o'qishni bilmaydi!
* * *
-Qanday qilib bir o'zing hamma yoqni ag'darishga ulgurasan-a?!
-Oyijon, bugun juda vaqtli turganman-da...
* * *
-Fil'mga bilet qancha turadi?
- 2000 so'm!
- Menda faqat 1000 so'm bor, iltimos kiritvoring, faqat bitta ko'zim bilan ko'raman.
* * *
Bolakaydan so'rashdi:
-Katta bo'lganingda kim bo'lasan?
-Bolakay dedi:
-Albatta arxitektor! Burchaklarsiz, dumaloq uy quraman!
-Nega endi?
-Burchakda turish jonga tegib ketdi!!!...
* * *
-Oyijon, oyiii! Siz sotib olgan tyubikda qancha pasta borligini bilasizmi?
-Yo'q, qancha?
-Stoldan muzlatgichgacha!!!
* * *
Bolakay tanimaydigan bir ayolga konfet berib deydi:
-Xolajon mana bu konfet sizga.
-Raxmat bolakay.
-Shirin ekanmi?
-Juda ham shirin ekan.
-Qiziq. Nega unda meni kuchugim bilan mushugim uni tufurib tashlashaverdi...!!!
* * *
- Agar bo'tqani yemasang, Yalmog'iz Kampirni chaqiraman.
- Oyijon, Yalmog'iz Kampir ShU bo'tqani yeydi deb o'ylayapsizmi?
* * *
-O'g'lim, mana senga kumush metallidan yasalgan qoshiqcha. Uni choy ichganinda stakaninga solasan. Kumush mikroblarni o'ldiradi.
-Voy, unda man nima o'lgan mikroblarni ichamanmi?
* * *
Bolakay onasini shoshiltirib:
-Oyijon meni tezroq kiyintiring!
-Qayerga bunday shoshilyapsan ?!
-Bog'chaga. U yerda meni bolalar kutishyapti.
-Do'stlaring bilan birga nima qilasizlar?
-Mushtlashamiz!
* * *
Bir bolakay sigirga suv berishaytganini ko'rib qoladi va o'zining tanqidiy fikri bilan deydi:
-mana shunday qilib sutga suv qo'shishadi !!!!!...
* * *
Ona:
-Kim nokni yeb qo'ydi?
Qizi (qo'rqib)
-Bilmayman!
-Yana yeysanmi?
-Ha, yeyman !!!
* * *
Oyijon, maylimi ko'chaga chiqsam?
-Kir quloqlaring bilanmi?
-Yo'q, o'rtoqlarim bilan...
* * *
-Voy bolajon, senga nima bo'ldi? Nega unday oqarib ketding?
-Hech narsa bo'lagni yo'q, oyim cho'miltirgan edilar...
* * *
Olti yoshli bolakay so'radi:
-Menga qara, nega sherlar faqat xom go'sht yeydilar?
- Chunki ular pishirishni bilmaydilar..., - dedi sakkiz yoshli opasi.
* * *
Tushlikdan so'ng, ona oshxonaga qarab yuradi, qizi uning orqasidan baqirib qolib, deydi:
-Onajon, siz o'zingizning tug'ilgan kuningizda idish-tovoqlarni yuvishingizni xohlamayman, ularni ertaga qoldiring...