O'zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova o'z muxlislari va tinglovchilari uchun tojik va o'zbek tilida ikki yangi albom hozirlamoqda. Ayni kunlarda albomlar uchun qo'shiqlar yozish ishlari amalga oshirilmoqda. Eslatib o'tamiz o'tgan yilda ikki albom taqdim etgandi, ulardan biri O'zbekistonda yozilgan "Sen ham asra ko'zmunchog'im" bo'lsa, ikkinchisi Turkiyada tayyorlangan "Dunya" albomidir.