Bugun o'zbek primadonnasi Yulduz Usmonova Turkiyaning eng zo'r musiqiy kanallaridan biri bo'lgan "Kral-TV" orqali uzoq kutilgan "Yalan" klipining prem'erasini o'tkazdi...
"Yalan" taronasi turk tinglovchilarning sevimli qo'shiqlaridan biriga aylanib ulgurgan. Qo'shiq taniqli xonanda Levent Yuksel bilan birgalikda kuylangan. Kelgusi haftadan boshlab, Yulduz Usmonovaning yangi klipini Turkiyaning boshqa musiqiy kanallari orqali taqdim etila boshlanadi.