Dekabr konsertlari ro`yxatida kutilmagan o`zgarishlar yuzaga keldi. Adham Soliyev, Mahmud Nomozov konsertlaridan so`ng to`satdan yosh xonanda Jasur Umirov ham bir kunlik dasturi bilan qo`shilgan bo`lsa, 80-90 yillarning mashhur qo`shiqchisi Rustam G`oyipov ham ikki kunlik konsert berishini ma`lum qildi. O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning ikki kunlik konserti bahorga qoldirildi. Qolaversa, yilni bu gal imkoniyati cheklanganlar futboli bo`yicha jahon chempionatida g`olib bo`lib kelganlar sharafiga o`tkaziladigan uch kunlik konsert dasturi yakun yasaydi. Kelgusi yili yanvarda esa Gulsanam Mamazoitova o`z dasturi bilan konsertlar mavsumini boshlab beradi. Demak, konsertlar va ularning tafsilotlarini o`z vaqtida kuzatib boraveramiz.