Estrada xonandasi Yasmina so'nggi paytlarda ancha kamnamo bo'lib
qolganini sezgan bo'lsangiz ajab emas. Bu holat bizni ham
e'tiborimizdan chetda qolmadi va Yasmina bilan bu borada bog'lanishga
qaror qildik.
Yasmina ayni damda ijoddan biroz
chetlashganini va katta sahnani vaqtinchalik tark etganligini ma'lum
qildi. Hozirda Yasmina qo'shiqchilik san'atini boshqa bir yo'nalishiga
qiziqib qolganligini ham xabar berdi. Jaz hamda blyuz yo'nalishlarida
ijod qilib ko'rishga qaror qilgan. Hozirda shu yo'nalish
sir-asrorlarini o'rganish iuchun ko'p e'tiborini qaratmoqda. U
endilikda bu yo'nalishdagi qo'shiqlarini faqatgina o'z do'stlari
davrasida ijro etishni maqsad qilib qo'ygan. Keyinchalik agarda bu
yo'nalishni mukammal o'rgana olsa jiddiy kirishishi ham mumkinligini
yashirmadi.