Yangi yilda muxlislarini shod etishni astoydil niyat qilib olgan
"Surxon” guruhi yil boshidayoq o`z sovg`alarini tortiq etishmoqchi.
Endi siz guruhning 10 yillik yubiley marosimi sababli tashkil etilgan
"Mard yigitlar o`ynasin” nomli konsert dasturini to`liq hajmda tomosha
qilishingiz mumkin. Gap shundaki 13-yanvar kuni "Muvad-video”
tomonidan mazkur konsert dasturi DVD ko`rinishida muxlislarga havola
etildi. Endi siz guruhning mazkur dasturini do`konlardan harid
qilishingiz mumkin.
Guruh yigitlari oy so`ngiga qadar muxlislar
uchun ajoyib yangilik bo`lishiga va`da berishmoqda. Bu "syurpriz”ni esa
ular sir tutishmoqda. Guruh ijodini va saytni kuzatib boring va
yangiliklardan birinchilardan bo`lib xabardor bo`ling…