Yangi xat endi yanada yaqin, yoxud, Yangi kelgan xat SMS orqali Aksar foydalanuvchilarimiz yangi kelgan xatni faqat inetga kirganda bilishsa kerak. Men chi? Menga kelgan xat menga SMS orqali xabar beriladi va men shu zahoti telefonim orqali pochtamga kirib, xatlarni tekshirib turaman. Buni qanday nastroyka qilish mumkin? Bu qiyin emas. Faqat mana shu qo’llanmani oxiriga o’qisa, kifoya.. (Qo’llanma faqat UCELL abonentlari uchun mo’ljallangan, hozirchalik!) Demak, birinchi navbatda qiladigan ishimiz. 1. Birinchi navbatda SMS-Email xizmatini aktiv qilishingiz kerak. Buning uchun 222 1 ni USSD so’rov orqali amalga oshirsa bo’ladi. Xizmat bepul!. Diqqat! SMS-Email xizmati orqali boshqa ko’pkina amallarni bajarish mumkin. Buni rasmiy saytdan o’qib olar sizlar. 2. Demak telefonimizni SMS qabul qilishni yoqqanimizdan so’ng, endi pochtamizni nastoyka qilamiz. Misol tariqasida, men www.mail.ru xizmatini ko’rsataman. 2.1 Buning uchun pochtamizning «Настройка» bandiga o’tamiz. 2.2 So’ngra "Уведомления” bo’limiga o’tamiz 2.3 Endi "электронный адрес" bo’limiga turipmiz 2.4 So’ngra telefon raqamingizni mana bu ko’rinishida yozasiz. (Pilus kerak emas!) 9989XXXXXXXX@sms.ucell.uz va parolni kiritib СОХРАНИТ тугмасини босаcиз. 2.5 So’ngra telefoningizda EmailSMS dan SMS keladi. Mana bu ko’rinishida.. 2.6 SMS da telefon raqamini tasdiqlash uchun kod yuboriladi. Kodda 8 ta simvol mavjud. 2.7 Siz shu kodni yozib olib, Настройка уведомлений о новой почте булимига утиб, подтвердить (ввести код) tugmasini bosing. 2.8 So’ngra kodni kiritib Подтвердить уведомления tugmasini bosasiz.. 2.9 Agar hammasini to'g'ri kiritgan bo'lsangiz, unda Подтверждены адреса для уведомлений: degan yozuv paydo bo'lishi kerak. Agar mana shu yozuv bo'lsa, unda man sizni tabriklayman! Siz barja amallarni to'g'ri bajaribsiz! MTS abonentlari uchun esa QO'LLANMA. Faqat men bu usulni tekshirib ko'rmaganman, atak ishlashi kerak.. Asalarilar uchun esa bilmayman.. Xulosa o'rniga yana shuni aytish kerakki, agar sizning pochtangizga haddan tashqari ko'p xat kelsa, siz SMS lardan zerikib ketasiz. Men buni ham yo'lini olganman. Agar kerak bo'lsa, kiritishim mumkin. Umuman olganda g'oyalar talaygina, faqat talab bo'lsa bo'lgani.. Agar muammolar bo'lsaforumda tahlil qilamiz.. © Ma`lumotning mualliflik huquqi 100% adm1nzodaga tegishli. Ma`lumotni boshqa resurslarga ko'chirish mumkin emas!
|