O'zbek
estrada olamida "Bilaman", "Kechir", "Dilrabo", "Sog'indim" kabi
qo'shiqlari bilan o'z o'rnini topayotgan yosh iste'dodli xonanda Xusan
bilan suhbatimizni sizlarga havola etish arafaisdamiz. Ushbu suhbatdan
so'ng, biroz kamgap, samimiy hamda ochiqko'ngil kabi ijobiy
fazilatlarga ega bo'lgan xonandaga bo'lgan hurmatimiz yanada oshdi. Marhamat, siz ham mazkur suhbatdan bahramand bo'ling!
- Ijodingizda, imidjingizda, umuman olganda barchasida xorij yulduzi Enrique Egleasesga taqlid bordek…
- Bor. Yo’q demayman. San’atini yaxshi ko’raman Enrique Egleasesga avvaldan qiziqqanman va ijodini kuzatib boraman.
- Yana qaysi xonandalarni ijodiga havas qilasiz?
- Enrique Egleases, Mustafo Sandal, Tarkan, Rafet el Roman.
- O’zbek estradasiga "portlash” bilan kirib keldingiz. Shunday bo’lishini kutganmidingiz?
- Siz aytganchalik "portlash” bilan kirib kelmadim…
- Lekin ilk ijod namunangizni yaxshi kutib olsihdi-ku…
- Bu meni ilk ijodim emas-da, Meni ko’pchilikka tanintgan qo’shig’im son bo’yicha o’n beshinchisi.
-
Bo’lishi mumkin lekin, "Bilaman” deb nomlangan qo’shig’ingiz ilk
muxlislar hukmiga havola etgan qo’shig’ingiz hisoblanadi va manzur
bo’lgani ham. Shu qo’shiq orqali siz muxlislar e’tiboriga tushgansiz…
- Lekin men o’zim kutgan darajada "portlash” bo’lgani yo’q.
-
"Sog’indim” deb nomlangan qo’shig’ingiz omadli chiqdi. Hatto, ushbu
taronani tafti sovimasdanoq, ikkinchi variantini ham muxlislar hukmiga
havola etdingiz. Birinchi ijrodan ko’nglingiz to’lmadimi?
-
Birnchisidan ko’nglim to’lgan lekin, ikkinchisini sho’xroq tarzda
taqdim qildik. Asli "Sog’indim” qo’shig’i sokin tarzda ijro etiladigan
qo’shiq edi. Shuning uchun avval asl holatini ijro etib, keyin
to’ybopini yaratdik.
-
To’grisini aytganda "Sog’indim” taronasini birinchisidan ko’ra
ikkinchisi anchagina omadliroq chiqdi. Ushbu taronani yaralishi haqida…
-
Bu qo’shiqni o’zim uchun ruschasiga etganda "medlenniy” holicha
kuylamoqchi bo’lganman. Botir Aliyev musiqasini yaratdilar. Aslida
ushbu qo’shiq avval ham kuylangan.
-
"Sog’indim” taronasini musiqasi eski xalq kuyi bilan uyg’unlashtirilgan
holda bastalangan. Qo’shiqni ommabopligini oshirish maqsadida shunday
qilinganmi?
- Ommabop bo’lishini kutmaganman.
Qo’shqdan kelib chiqqan holda aytadigan bo’lsam, qo’shiqning o’zi
insonni ko’ngliga xush yoqadigan tarona.
- Sizni yo’nalishingiz zamonaviy yo’nalishlardan biri. Milliy estrada yo’nalishida ham kuylash niyatingiz bormi?
-
Bor, hozir harakat qilayapmiz. 2-3 ta milliy yo’nalish bilan sharqona
yo’nalishni uyg’unlashtirgan holda qo’shiq tayyorlayapmiz.
- To’ylarga ham chiqib turasizmi?
- Chiqamiz albatta.
-
To’ylarda asosan sho’x qo’shiqlarga talab katta bo’ladi. Sizni
ijodingizda adashmasam sho’x, raqsbop tarona yo’q. To’y egalari sizdan
sho’x, raqsga chorlovchi taronalarni talab qilib qolishsa…
-
Meni sho’x qo’shiqlarim bor lekin, ularni aylantirmaganman. To’ylar
uchun alohida, proma uchun alohida zamonaviy qo’shiqlar yozganmiz.
- Musiqiy bilimlar bo’yicha qayerda tahsil olgansiz?
- Men hech qayerda musiqiy bilimlar bo’yicha tahsil olmaganman. Umuman vokaldan ham dars olmaganman.
-
Har bir qo’shig’ingizda o’zgacha bir dard bor. Go’yoki yoridan ayrilgan
oshiq yigit singari shou-biznesda paydo bo’ldingiz… Bu albatta meni
shaxsiy fikrim. Bunda qanchalik haqiqat bor?
-
Hayotimda qizlar asosiy rolni o’ynamaydi. Qizlarni orqasidan yuradigan
odatim ham yoq. Kitob yoki filmlardagi sevgi muhabbat manda bo’lmagan.
Bir qiz bilan gaplashganman lekun, u turmushga chiqib ketgan. Asli men
san’atga bo’lgan qiziqishim kuchliroq bo’lgan.
- Bir martaga bo’lsa ham muhabbat tuyg’usi kirib kelmagan inson qanday qilib dardli qo’shiqlar kuylashi mumkin?
-
Meni qalbimda qizlarga emas san’atga bo’lgan ishq bor. Bu ishq qizlarga
bo’lgan muhabbatdan kuchlidir. San’atga shunchalik sho’ng’ib
ketganmanki, hatto sevishga ham vaqtim bo’lmagan. Qo’shiq kuylaganimda
shunchalik berilib ketaman, umuman bor dunyoni unutaman. Balki shuning
uchun qo’shiqlarim dardli chiqar…
- Qaysi qo’shig’ingiz o’zingizga yoqadi?
- Hamma qo’shiqlarim men uchun qadrli. Lekin "Sog’ndim” nomli qo’shig’imni o’zim ko’p tinglayman.
- Qo’shiqlaringiz so’zlarini kim yozib beradi? Umuman olganda qaysi ijodkorlar bilan birga ishlaysiz?
-
Qo’shiqlarim matnini Bob taxallusi bilan ijod qilayotgan Bobur Umarov
yozadi, musiqalarda esa Robert hamda Botir aka Aliyevlar bilan birga
ishlaymiz.
- Ayni damda nimalar bilan mashg’ulsiz?
-
Boya aytib o’tdingiz: "to’ybop ashulalaringiz yo’q” deb… Mana shuning
uchun hozir to’ybob, chiroyli 2-3 ta qo’shiqlar ustida ishalayapmiz.
Yaqin kunlarda muxlislarga taqdim etamiz nasib qilsa.
- Sir bo’lmasa ushbu qo’shiqlar haqida…
- Hali she’ri tayyor bo’lgani yo’q lekin, rosa to’ybop, raqsbop taronalar bo’ladi.
- Sizda ijodiy jarayon qay tarzda boshlanadi? Ya’ni ilhom kelishini kutasizmi yoki…
-
Ijod qachon boshlanishini bilib bo’lmaydi-da… Shunday vaziyat
bo’ladi-ki, hozir kuylayman deb studiyaga borishingiz mumkin,
yozishingiz ham mumkin lekin, umuman o’xshamaydi. O’sha yaratgan ijod
namunam o’ylaganimdek bo’lmaydi, qandaydir vaqti keladi-da, o’sha
paytda o’zim bilmagan holda chiroyli bir qoshiq yarataman.
- Demak ilhom kelishini kutasiz…
-
Kutmayman lekin, ashulani yozaveramiz. Qaysi birida yaxshi chiqib
qolsa, ana o’sha varianti qoladi. Masalan, Robert o’rtog’im bilan yangi
qo’shiq qilyapmiz lekin, yil boshidan beri shu kungaca birorta
qo’shiqni ko’ngildagidek yarata olgannimiz yo’q. Mana 2-3 kun oldin
stuidiyaga borib, boya aytganimdek bilmagan holda sho’x qoshiqlarni
yaratdik. Nasib qilsa shuni taqdim etamiz.
- San’at siz uchun bu…
- San’at men uchun hayotimda birinchi o’rinda turadi!
- Shou-bizneschi?
- O’ziga yarasha shou-biznes ham kerak. Hohlaymizmi, hohlamaymizmi hammasi hozir sho-biznes bilan chambarchas bog’liq!
-
Ko’pchilik yosh xonandalar o’z reytinglarini yanada mustahkamlash
maqsadida biror bir mashhur san’atkorlar bilan duet kuylashadi. Siz
tomondan hali duet taronani tinglamadik… Duet kuylash niyatingiz bormi?
- Niyatim yo’q emas, bor, lekin barcha yutuqlarga o’z kuchim bilan erishganim ma’qulroq menga.
- Siz bilan reytinggi bir xilda ketayotgan yosh xonandalar bilan ham kuylasangiz bo’ladi-ku? -
Tog’ri, lekin, men borib duet kuylashni taklif qilsam, o’sha xonanda
o’zini qandaydir katta olishi mumkin. Ko’ngilga tegib qo’yishi
mumkin-da… Agar o’zlari rozilik berishsa, mayli kuylayveramiz birga.
- Demak, ulardan taklif bo’lishini kutasiz?
- Ha! Hozir Samandar Hamroqulov bilan duet kuylab qolishimiz ham mumkin.
- Nega aynan Samandar Hamroqulov bilan?
- Chunki Samandar Hamroqulovni ustoz deb bilaman lekin, qo’shiq hali tayyor emas. Kuylash rejada bor.
-
Sizni kelajagi bor, umidli xonandalar safiga bemalol kiritish mumkin.
Orqaga qaytish haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Masalan, shou-biznesdan
yiroqlashish haqida…
Orqaga qaytganimda shou-biznesga
endi kirb kelayotgan mahalim qaytar edim. Umuman qaytish niyatim yo’q.
Kelajakda o’zimni orzularim bor.
- Sir bomasa orzularingiz haqida…
- Orzular ko’p lekin, oldindan aytib qo’ysam keyin, erisha olmasam to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun sir bo’la qolsin.
- Tabiatan qanday insonsiz?
- Bilmayman… (o’ylanib) Sal bo’shroq, kamgap, ichimda o’ylagan gapimi gapirib bera olmayman.
- Davralarga tezda kirishib keta olasmi?
-
Kirishib ketishim oson. Birinchi ko’rgan insonim bilan gaplashib keta
olmayman lekin, keyinchalik chiqishib ketishim mumkin.
- Hayotdagi shioringiz?
- (uzoq o’ylanib) Chuqur o’ylab, ko’proq ishlash!
- San’atkorlardan kimlar bilan yaqin munosabatdasiz?
-
Ko’pchilik bilan, Masalan, Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullayev,
Samandar Hamroqulov, Jasur Umirov, Shohruhxon, Aziz Rametov.
Shuhrat YUSUPOV hamda Nilufar MIRZARAHIMOVA suhbatlashdi.
|