XINDISTONNING QO'L YETMAS YULDUZI
Bollivud qiroli haqida o'n yillar oldingi xotirotlar va fikrlarni bugun mashhur hind jurnalistlari qanday eslaydi?

«U bugun Xindistonning qo'l yetmas yulduzi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu haqiqat! Biz Shoxrux Xonni birinchi marotaba Dehlidan Mumbayga kelganida, "Sarkas”("Sirk”) seriali ustida ish olib borayotganida ko'rgandik. O'shanda hatto, u bilan suratga tushishni ham taklif qilmaganmiz. Chunki, paytlar uni hech kim tanimasdi!». Xatto Rishi Kapur ham o'sha vaqtda Shohrux Xonning bu darajada yulduz bo'lib ketishini kutmagan bo'lsa kerak. Shohrux bo'lsa, o'z kuchi bilan, hech qanday homiylarsiz ko'zlagan maqsadiga erisha oldi. Bu omaddir, balki, tinimsiz mehnatlar samarasi yoxud muhabbat dunyosining chinakam qahramoniga aylana olganidirq! Nima bo'laganida ham, u uddalay oldi! U baxtli oila boshlig'i, eng muvaffaqiyatli bolli-yulduz. Bugun uning gonorari Bollivudda eng qimmat hisoblanadi, "Palma” orolida muhtasham uyi-yu uzumzorlari bor, deyarli har bir bosh rolni talqin qilgan filmi superxitga aylanadi, u Xindistonning eng nufuzli mukofotlarini eng ko'p qo'lga kiritgan aktyordir, u bilan bugun suratga tushishni barcha aktrisalar orzu qiladi... Qachonlardir xaroba ko'chalarda shataloq otib yugurgan bir qoramag'iz hind bolasi uchun bundan ortig'i bormi?
Yana bir jurnalist shunday eslaydi: «Men Shohrux Xonni juda yaqindan ko'rganman. Ishoning, uning yuzidan iste'dod va superyulduz bo'la olishiga ishonch balqib turardi. U aktrisalarga tez orada superyulduz bo'lishini va u bilan birga suratga tushgan aktrisalar shuhrat qozonib ketishlarini aytardi. O'sha vaqtlarda, men, ko'psilik singari, bu gaplarni eshitib, uning ustidan kulgandim. Xamma Shoxrux Xonning bunday baladdparvoz gaplariga hayron bo'lardi, ammo, Shohrux barchasini amalda isbotladi.” Bugun Shohrux Xon – yulduz. Uning o'zini ishga bag'ishlab, jon kuydirib ishlashi esa odamni yanada quvontiradi. A, nima dedingiz? Jasur Hamroyev
|