Главная » 2010»Ноябрь»21 » Meniku do'stligim sevgiga aylandi lekin senikichi?
22:49
Meniku do'stligim sevgiga aylandi lekin senikichi?
Qo'limga qalam oldim deguncha seni eslayman.Bilmadim nega seni bunchalar sevaman. Sen deb taqdirdan ham nafratlanaman. Aslida seni deb nafratlanishim kerakmas undan. Peshonamga yozilgani shu ekan.Sen meni tashlab ketgan kundan emas aksincha seni uchratgan kunimdan taqdirga ishonmayman nega u sevishganlarni uchrashtiradiyu, ikki qalbni muhabbat degan tuyg'u bilan birlashtiradiyu.so'ngra ikki qalbni ayiradi nega?Buyuklar ham topa olmagan bu savolga javobni. Sevgilim o'zinga boshqa insoni topib nega unga jufti halol bo'la qolmaysan.menga azob berish sen kungan baxtdan bittasi bo'sa kerak. Kunlarim maftuni sensiz kunlarni o'tishi ham sekin seni sevgan qalbimni boshqara olmayapman. Tunlanni kunga kunlani tunga ulab seni unutishni esladim. Qo'limda kelmadi.Bilaman o'zim ham seni unutish qiyinligini. Ko'zlaringni rangi qo'ymaydi unutishga. Ko'm-ko'k osmonda sal bulut paydo bo'ldi deguncha qalbim seni istayveradi. Go'yoki senga bir nima bo'layotgandek.Yomg'ir yog'gandachi tilka pora bo'ladi yuragim.Shu on ko'zlarimni yumsam yig'ing ovozi eshitilaveradi qulog'larimda. Shunda senga yana talpingim keladi.To'gri meni tashlab ketishingdan faqat senda mas ayb mendan ham o'tdi.Hayronman qandoq qilib sevdim sevaaman demasdan. Meni yana bir savol qiynaydi. Sen bilan do'st bo'ldim. Qizla yigitla bilan do'st bo'la olmasligini bilib turib. Meniku do'stligim sevgiga aylandi lekin senikichi?