Har bir odam hayotida hech kim bilan bo'lishgisi kelmaydigan narsasi bo'ladi. Bu tabiiy.Lekin hamma narsani o'ziniki qilib olish istagi ochko'zlikdan dalolat. Xasislik sizni butunlay qamrab olishini istamasangiz, quyida keltirilgan ba'zi amallarni bajarishingiz lozim. 1.Agar sizdan biror narsa so'rashsa,darrov xayolingizga "eng qadrli narsamni tortib olmoqchi" degan fikr kelmasin.Sizdan bor yo'g'i bir buyumingizni so'rashayotganini unutmang. 2.So'rayotgan odamning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring. Birovning hojatini chiqarish qanchalik qalbingizga quvonch bag'ishlashini o'ylang. 3.Eng yaxshisi,ishni odamlarga syurpriz qilishdan boshlang.Bu ish bilan o'zingizga ham,o'sha odamga ham yaxshi kayfiyat bag'ishlaysiz.Yaxshi kayfiyat uchun tejamkorlik qilish yaxshimas. 4.O'zingiz uchun pulni tejamang. Ochko'zlik qopqoni oltindan bo'lsa ham, u baribir qopqon. 5.Bu profilaktikani boshlashdan oldin o'zingizdagi tejamkorlik va qizg'anchiqlik chegarasini farqlab oling.
|