Assalomu alaykum! Yolg`onchi dunyodagi xaqiqatlardan yana bir nechtasi e`tiboringizga xavola.
1. Menda 1 so`m bor,sizda 1 so`m bor. Siz menga pulingizni berdingiz, men esa sizga. Hech narsa o`zgargani yo`q. Menda 1 fikr bor,sizda 1 fikr bor. Fikrlarimiz bilan almashdik.Sizda 2 ta fikr paydo bo`ldi,menda ham.
2. Hayotda eng xavfli dushman-eng yaqin do`stingizdir,negaki u siz haqingizdagi barcha sirdan ogoh.
3. Otaga oson tutmang, og`liga mehrini ochiq ko`rsata olmaydi.O`g`ilga oson tutmang, dardlarini otasiga ochiq aytib xasratlasha olmaydi.
4. Ayol qalbini bilaman deysizmi? O,siz daxo ekansiz! Unda aytingchi,sharqdan kelayotgan 70m|sek tezlikdagu shamol 2 daqiqadan keyin chapga buriladimi,o`nggami? 10 daqiqadan keyin tinchlanadimi yoki o`zi bilan dovulni boshlab keladimi?...
5. Begona ayolni o`zini oldida, o`z ayolingizni o`zi yo`g`ida maqtang.
6. Boy to`rda o`tirsa - tantilik, kambag`al ostonaga yaqin o`tirsa-takabburlik. Boy "Mersedes" olsa- kamtarlik, kambag`al velosiped minsa-manmanlik.
7. Bu dunyoda bepul,beminnat tarqatiladigan narsa bor. Bu-ona mehri.
8. Agar sizga atrofdagi insonlarning xammasi yomon bo`lib ko`rinsa, tezda o`zingizni tahlil qiling. Negaki, muammo sizda.
9. Ishingiz soat nechada boshlanib, nechada tugaganini so`rasa,hayron bo`lmang. Majlisda kimlar qatnashganini so`rasa,hayron bo`lmang. Majlis nechanchi qavatda bo`lganini so`rasa,hayron bo`lmang. Majlisda yoningizda kim o`tirganini so`rasa,hayron bo`lmang. Tushlikka nima yeganingizni so`rasa,hayron bo`lmang. Bufetchini, oshpazni (agar ayol bo`lsa) yoshi nechadaligini so`rasa,hayron bo`lmang. QIZIQUVCHANLIK ayol tabiatiga xos.
|