Muxabbat olovi ichra kuydim men, Yurak bagri tosh bir qizni suydim men. Kechayu kunduz o'ylab u xaqda Muxabbat sinovlaridan to'ydim men.
Negadir ilk sevgim javobsiz qoldi, Xudoyim qalbimga azobni soldi. Dilimdagi ul cho'g' meni kuydirib Shul xijron dastidan alanga oldi.
U qizni bagri toshmas ekan yumshoq, Otasi shavqatsiz ekan-ku biroq. O'z qizini unashtirgan ekan-ku, Men uning vasliga yashapman mushtoq.
Unashtirilganin eshitganim on, Yuragim tilka-pora buldi vayron. Go'yo shu on butun vujudim titrab, Tanamda uzilganday buldi jon.
Bunday ayriliqqa berolmay bardosh, Mening ko'zlarimda tomchiladi yosh. Endi yorug' dunyo menga qorong'u, Muxabbat osmonimda yuqdir quyosh!
|