Ulug'bek Rahmatullaev 2009 yilda juda sermahsul ijod qildi. Uning
"Kapalak" nomli taronasi yil bo'yi reytingning yuqori pog'onalaridan
joy oldi. Kuni kecha Ulug'bek Rahmatullaev ashaddiy muxlisasidan xat
oldi...
To'g'ri Ulug'bek Rahmatullaev muxlis va
muxlisalaridan juda ko'plab maktublar oladi. Lekin andijonlik Jumagul
57 ta kapalak timsollari tushirilgan qog'ozlarni bezab, o'z dil
izhorlarini yozib, bir-biriga ulangan holda Ulug'bek Rahmatullaevga
taqdim qildi. Albatta bundan Ulug'bekning boshi osmonga yetdi.
Jumagulga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Ulug'bek Rahmatullaevning
boshqa yangiliklari bilan tez orada xabardor qilamiz.