U ketyapti... hatto ortiga zarracha bo'lsada nazar solmay ketyapti. Bu kungacha faqat mening uchun urgan yuragi nahotki bugun o'zga bir kimsa uchun, shu kungacha uning muhabbatidan nafas oldim endichi....
Mana bugun bizning ohirgi uchrashuvimiz yakuniga ham yetib keldik, ketyapsan ortingdan oltin kuzning jilolangan xazonlariga ko'milib seni kuzatyapman. Uzoq tikilib turdim majnuntolning yoniga yetkach bir qayrildingu, yo'qsan..!! Lekin nega qayrilding? Nima uchun. Qani edi shu lahza ko'zimni bir yumsamu shirin uyquga ketsam hech bo'lmasa tushlarimda birga bo'larmiding ayt. Yo'q sen meni tark etmading sen meni kutyapsan, qayerdadir, shoshilishim kerak kech qolmay. Mayli sevgilim endi biz begonadirmiz lekin biz bir birimizdan norozi emasmiz, bu qismat, lekin shuni bilamizki keyingi hayotimizda biz bir butun bo'lamiz. Vada ber sevgilim keyingi hayotimgacha seni eslamayman deb. U ketyapti..