Sen bir necha kundan so''ng O''zgaga yor bo''lasan. Tortayotgan azobim Qayoqdan ham bilasan. Ishq telbasiman o''zin Ko''zlaringda yo''qotgan. Isming aytib uyg''onib Kech yoding bilan yotgan. Suratingni qo''yishga Joy topolmay qiynalib. "Eshigingda"ni tinglab Zor-zor yig''lagan g''arib. O''zga qo''lingdan tutsa Zoring qanday chidasin. U qo''l soching silasa Tig''tirnar dil yarasin. Bu azob davom etar Qachongacha yagonam? To''yinggacha yetmasdan To''lsa edi paymonam. Unutma bir oshig''ing Yodingla olar nafas. Hoh qul et,hohi qatl Faqat telbam desang bas!!!