Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi: «Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va’z qila turib: —
Bir xil qalb bordirki, bo‘m-bo‘shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir xili
borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir
qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo‘minning qalbidir.
Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan
oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to‘yinib,
shishib ketgan yaraga o‘xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi
biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha Holib keladi, — dedilar».