
Статистика |
XOZIR SAYTDA 9 MEXMON 9 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2011 » Январь » 25 » To'ydan oldin va to'ydan keyin qolgan BIRINCHI MUHABBAT.....
09:41 To'ydan oldin va to'ydan keyin qolgan BIRINCHI MUHABBAT..... |
 Assalom aleykum hurmatli sayt a'zolari. Men bu saytga birinchi kirishimdan yoqib qoldi va men kabi sevgi o'tida yonganlarning taqdirni o'qib, men ham o'z hayotimda ro'y bergan voqealarni yozib qoldirishga ahd qildim. Bundan 3 yil oldin bir yigit bilan tanishdim. Avvaliga do'stlashdik, keyin har kuni telefon orqali ba'zida esa uchrashadigan bo'ldik. Kunlar o'tdi, oylar o'tdi. Bizning do'stligimiz sevgiga aylandi. Bir-birimizga shunchalik o'rganib qolgan edik-ki, bir kunimiz ham bir-birimizsiz o'tmasdi. Uyimdagilar buni bilishgach esa, yolg'iz qiz bo'lganim uchun va uning oilaviy ahvoli bizga to'g'ri kelmasligi,bizning tengimiz emasligi uchun meni ammaning o'g'liga turmushga zo'rlab uzatishdi. To'y o'tdi. Men bu to'ydan hursand bo'lmasam-da, hammasiga chidashga qaror qildim. Bu paytda men sevgan insonim ham fotihalanganini eshitdim, eshitdimu qanday qilib yig'lab yuborganimni o'zim ham bilmay qoldim. To'yimizdan keyin baxtli hayot kechiramiz deb o'ylagandim, lekin ming afsus-nadomatlar bo'lsinki oila, farzand va baxt degan tushunchalrni asrab qololmadik. Negaki,turmush o'rtog'im ham men kabi boshqa bir qizni sevarkan, biz o'zi taqdirga tan berib, hammasiga ko'z yumib, oilamizni asrab qolmoqchi edik, lekin uni oyisi ya'ni ammam tinch yashashimizga qo'ymadilar ammam ya'ni qaynonam bizni ajrashib ketishimizga yordam berdi desam ham bo'ladi va shunday ham bo'ldi!!!!! Mana ajrashganimizga 8 oy bo'ldi. Men esa oldin sevgan insonim bilan birgaman, mana hozir men 19 yoshga to'laman, lekin peshonamda AJRASHGAN degan tamg'a bor!!!!! Sevgan insonim esa menga uylanmoqchi. Hozir esa men juda juda BAXTLIMAN. Ota-onam ham endi qilgan ishlaridan afsuslanib, to'yimizga rozilar.....
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 5195 |
Добавил: noza4910
| Рейтинг: 3.0/4 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|