
Статистика |
XOZIR SAYTDA 12 MEXMON 12 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Сентябрь » 19 » Telefonda topilgan "baxt"
06:55 Telefonda topilgan "baxt" |
 — Allo. Assalomu alaykum, kimsiz? Sizning nomeringiz telefonimga tushib qolibdi.
— Men bu nomerga telefon qilganim yo‘q.
— Kimligizni bilsak bo‘ladimi, tanishaylik...
***
— Allo. Sevara bormi?
— Yo‘q, adashib tushdingiz.
— O‘ziz kim bo‘lasiz, tanishsak bo‘ladimi?..
Bunday holatlar bir kunda ko‘plab takrorlanishi mumkin. Uyali aloqa vositasi haqida ko‘p fikrlar aytildi. Ammo ularning zararli oqibatlari turli muammolarga ham sabab bo‘lmoqda.
O‘g‘li yoki qizini «yo‘qlab» turish uchun telefon olib bergan ota-ona farzandining ham «anoyi» emasligini bilarmikan? Ko‘chada bo‘lsa, «Darsdaman», diskotekada bo‘lsa, «Dugonamnikidaman» deb bemalol gapirishi, albatta, shubhalantirmaydi.
Bir dugonam darsga bormay, tinmay uxlardi. Har safar onasi telefon qilsa, ovozini pastlatib: «Darsdaman, domlamiz kelyapti, bo‘pti, xayr», deb o‘chirib qo‘yardi. Mushtipar ona esa «o‘qimishli» qizini «dars vaqtida» bezovta qilgani uchun o‘zini koyigandir, ehtimol...
Ba’zi yoshlar uchun eng foydali va qiziq mashg‘ulot «sotka» orqali tanishuvdir. Gohida tasodif tufayli, ayrim hollarda hazillashib, istagan raqamni terib ham bir-biri bilan tanishgan, hatto turmush qurayotgan yigit-qizlar ham bor.
Talabalar yotoqxonasida turganligim bois bunday hodisalar deyarli har soatda uchraydi. Ularning ko‘pchiligi tanishuv haqida berilgan savollarga «telefon orqali» deb javob beradi. Kimgadir ovozi, gapirishi yoki so‘zlashish davomida anglashilgan fe’l-atvori yoqadi. Kimnidir ko‘rmay turib, ovoz orqali sevib yoki yoqtirib qolish ajablanarli holat emas. Faqat yoshlarning bir vaqtning o‘zida bir necha yigit-qizlar bilan mana shunday aloqani o‘rnatishi juda qiziq.
Bir kuni xonadoshim to‘yi bo‘layotganini aytib qoldi. Qiziqib: «Kuyov bola bilan qanday tanishgansiz?» deb so‘radim. U ham «sotka» orqali tanishganini aytdi. Ilgarilari, avvalo, ota-ona bo‘lajak kelin-kuyovlarni bilib, kuzatib, oilasini surishtirib, keyin ularni bir-biri bilan tanishtirishgan. Hozir buning ahamiyati yo‘qdek. Eng achinarlisi, birgina qo‘ng‘iroq uning o‘rnini bosyapti. Bunday qurilgan oila qanday kechadi — noma’lum.
«Baxtli raqam»ni qidirib topish muammo hisoblanmaydi. Telefoni bo‘lmagan ba’zi qizlar akasiga, sinfdoshlariga dugonasi yoki boshqa qizlarning telefonidan qo‘ng‘iroq qilib ham raqam «tarqatishadi». Qiziqib qaytib qo‘ng‘iroq qilganlar esa til topishib, «juftlik»lar paydo bo‘lishi mumkin.
Kursdoshim aytadi: «U bilan tanishganimga 2 hafta bo‘ldi. Ota-onasi uylantirmoqchi ekan, meni aytibdi. Nima qilishimni bilmayapman». «Qanday tanishgansizlar?», deb so‘radim undan ham. Yana o‘sha javob: «Telefon orqali».
Oramizda shunday «aqlli»lar borki, telefon imkoniyatlaridan noma’qul ishlar uchun foydalanmoqda. Oddiy qilib aytganda, ular qizlar bilan gaplashib telefon xotirasiga yoki biror apparatga suhbatni yozib olib, qizning uydagilari yoki sevgan yigitiga yuboradi. Shunday hodisalar oqibatida bir qizning to‘yi buzilgan.
O‘qituvchimiz dars o‘tayotgan paytda kursimizdagi bolalar «sotka»sini o‘ynab o‘tirardi. Shunda domla: «Qo‘lingizdagi matoh nimalarga olib kelishini bilasizmi?— deb so‘rab qoldi. — Menga bir kuni telefon bo‘ldi. Bir yigitcha adashib tushibdi. Boshida adashdingiz, deb o‘chirib qo‘ydim. Keyin yana telefon qilib: «Tanishaylik, ovozingiz yoqimli ekan», deb tinch qo‘ymadi. Hey, men 60 dan oshgan kampirman, desam tushunmaydi. Agar turmush o‘rtog‘im telefonni ko‘tarib qolsa, nima bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘i o‘ta rashkchi bir tanishim shunday holatga tushib qoldi. Ajrashishgacha borishdi. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar».
Baxtli bo‘lish sabablari ko‘p. Telefonning ulardan biriga aylanib qolayotgani yaxshi. Ammo aksincha ta’sir qilsa, bundan yomoni bo‘lmaydi.
Qo‘l telefoningiz orqali «baxt» topgandek bo‘ldingiz, lekin uning qancha «umr» ko‘rishini o‘ylab ko‘ring...
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1704 |
Добавил: Anjela
| Рейтинг: 3.7/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|