Uyali telefonning yo‘qolishi ko‘pchilik britaniyaliklar uchun og‘ir qayg‘u hisoblanadi... Mabodo bu odamlarni telefonlaridan ayiradigan bo‘lsangiz, ular o‘ta tushkun kayfiyatni boshdan kechiradilar. Bu haqdagi so‘rov natijalarini "Evening News” gazetasi e’lon qilgan. Ikki ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovdan so‘ng telefon egalarining 90 foizi uyali telefon o‘zining yonida yoki yonida emasligini muntazam tekshirib turishi ma’lum bo‘ldi. Ishtirokchilarning besh nafaridan to‘rt nafari agar telefon uzoq muddat ishlamasa, o‘zini noqulay sezishini aytib o‘tgan. 84 foiz so‘ralganlar uyali telefonni umuman ko‘zdan qochirmaydi. 60 foiz odam esa telefon yo‘qolib qolishini haqiqiy fojea deb baholagan. Psixologlar buning ilmiy asosini ham ko‘rsatib berdi. "Odamlar uyali telefonni tirik mavjudot sifatida qabul qila boshlagan. Negaki, aloqa vositasida muloqot qilinadi va u doimo e’tibor talab qiladi”, – deydi psixoterapevt Devid Nort.