SESHANBA, 2025.06.24, 11:48
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 11
MEXMON 11
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Август » 13 » TaNIShaMan!E tanishuv shu bo`lsa...
15:45
TaNIShaMan!E tanishuv shu bo`lsa...


QIZLAR "OLMOXON" YIGITLARCHI ???

Bitta qozonda qaynidigan savollardan to`ymadilarmi mobodo? Standartniy savollar!

Agentmi u? Umuman internet orqali odamlarnin bir-biriga bog`lovchi qanaqa programma bo`lishidan qat`iy nazar, shu holat kimni boshidan o`tmagan?! 
"Salom, tanishiluuuu. Ismiz nima? Qatlisiz? Qatta ishlis, o`qis, qishlis, tishlis… lis... lis… DOD!
Eng qizig`I shundaki qiz bola javob berishni istamasa, "O`zizi omen olmaxon”. Mayli, bunisiga ham chidab yozmisiz. "O`! Nimengga o`zingni ovossan?!”. Javobiga yarasha javob qaytarsangiz: "O`lib turganakansan-u!”. "Iltimos bezovta qilmang, tanishmayman”, deb javob qaytarsangiz, "Tanishmasang pishirib qo`yiptimi bo`tta? Ne unda o`zingni reklama qilib rasmingni qo`yib qo`ygansan ? Ichingdan jon-jon deb turibsanu…”, "Sandakalani 1000tasi manga zor…” IGNOR! qo`yishingiz bilan keyingisi "ochered”da turgan bo`ladi. Yana o`sha "dramma”!
Yana bir misol: "Interentda shahzodezi kuteeeep o`tiribsizmi?”. "Yo`q”, desangiz: "Unda agentda nima bor?” BItta gap oz, ikkita gap ko`p bularga. Bir yarimta gapirsangiz ham tushunmaydi. Agar, qizning o`zi baqiroq ya`ni "bozordagi xonimchi xotinlar unga suv, eyyy choy tashiydi”gan xilidan bo`lsa: YIGITLAR! Qiz bola bitta gapdan qolsa, siz ikkita gapdan qoling.
Aynan mana shu toifa yigitlarga murojaat! Agent yoki gaplashiladigan programmalar faqatgina TANIShISh uchun chiqarilmagan!!! Ishi bordir agentda, ko`pchilik chet eldagi tanishlari uchun kiradi yana kimdir yaqin insonlari bilan gaplashish uchun. Uzoqni yaqin qilish, moddiy tejamkor, juda qulay programma bo`lgani bilan hamma qizlarni o`zingizday ko`rmasangiz yaxshi bo`lar edi! Qiz bola yozmasa, yozmang! Keyin, yuqorida yozilgan "tanishuv gaplar”i… Daxshat! Hozir ko`pchilik internetda yangi tanishlar orttiradi. Lekin, tanishuvdagi qo`pol (yuqoridagi)gaplar hech qaysi qolipga sig`maydi! Tanishishni ham "tanishishi”, yigitlarni qizlar bilan, qizlarni yigitlar bilan gaplashishi bilan "gaplashishi” orasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu gapimga alohida izoh bermayman, nima demoqchi ekanligimni tushundingiz! "Tanishuv” so`zi niqobi ostida, talaygina ishlarni boshini ushlab yuborishyapti. Yana eng qizig`I yigit va qiz bir-biriga mos kelganini noyob o`xshatishlar bilan izohlanishiga og`zingizni ochmay ilojingiz yo`q! Intertdagi tanishuvlar bu yoqda tura tursin, "Oyim topgan qizni bitta gap bilan o`radim. O`rganlaring! Erkak degani shunaqa bo`ladi…”, "Erim menga "kampot” bo`lib qolgan-ku”, to`g`risi bu gaplarni osmondan olayotganim yo`q. Bundan chiqdi ota-bobolarimiz yo`q uzoqqa bormayman, ota-onalarimiz ham bir-birini "o`rab”, "bir-biriga kampot bo`lishgan”. Qiziq, olchalimi yoki olmali? Shakarlimi yoki "saxarli”? Endi, shu gapimdan ham zamon talabiga mos, ko`cha so`zlarini ishlab chiqinglar. Har kim internetni o`zini qarashlari va qiladigan ishlaridan kelib chiqib, kerakli sayt va bo`limlarga kiradi. Haligi ruslarda bitta gap bor-ku:
Компьютер думает так, как его хозяин! (Kompyuter o`zining egasiday o`ylaydi!)
Texnika rivojlanishi bilan qo`l telefonlar ham, egasiga o`xshab ketyapti. Behayo! Tunov kuni avtobusga chiqgandim. Keyin… bitta yigitning qo`l telefoniga ko`zim tushdi. Uuuuu… sharm-hayo bitta qopga solingan-u, bilmiman qaysi burchakda yotibdi! Atrofida yana man tengi, mandan yoshroq nechta qiz turibdi. Hammamiz bir-birimizaga qaraymiz…
Prikolni ham prikoli, haligi behayo videolarni-kuu "voooooobshe!” gapirmasam ham bo`ladi! Va eng qizig`I shundaki, yigitlarni shu toifa videolarni ko`rishiga qizlar sababchi ekan. Negaki yoshlar orasida, yo`q adashdim ko`cha ko`rgan yigitlar orasida bong urgan shior: "90% qizlar … … …”
Qizlar aybdor, yarim-yalang`och yuradi! Qizlarda hayo qolmadi… To`ppa-to`g`ri oramizda shunaqa qizlar bor. Ammo, bu hamma qizlar ham iymonsiz, uyatsiz degani emas! Ma`zur tutasizlar, atrofimdagi voqealarga befarq qaray olmay bu gaplarni yozyapman. Eng yaqin dugonamning tanishimiyey xullas voqea…
Qiz bilan yigit bir-birini yoqtirgan, sevgan, ardoqlagan… Sevgi hosil berish payiga tushibdi! Qizning bo`yida bor, yigit va`daning kattasini qilgan va tashlab ketgan! Orada homila kattalashgan. Allohning buyurgan shunday mo`jizasini, harom qilinayotganini eshitayotganingizda dodlamay ilojingiz yo`q! Abort qila olmaymiz, homilangiz katta, debdi shifokorlar. Qiz u debdi, bu debdi. Xullas 1-2 oy kutishib, ona qornidan bolaning miyasiga ukol yuborilib, o`lgan bolani … … … Qiz esa boshqa yigitga "qog`ozga o`raglan oq qandday” turmushga chiqibdi. E agar sevgi deganlari shu bo`lsa, bunaqa sevgini nomi o`chib, kuli ko`kka sovurilib ketmaydimi?! Yigitning ham qizning ham nafsiga "chipqon” chiqqani yaxshi emasmi?! Sevgi va muhabbat bunaqa voqealarga BEGONA!
Bunaqa voqealar kundan-kunga ko`payib ketyapti. To`g`ri zamon bilan hamnafas bo`lish, kiyinish, bo`yanish, moda degani "ur desa, ko`zini chiqarish” degani emas-ku. Qizlar-ku, "gadkiy utenok” davridan "lebed”ga aylanayotganida "qiz bola” degan ulug` nomni toptamay, g`ururlari osmon bo`lsa ham vaqti kelganda ko`zlari yerda bo`lsa yaxshi bo`lar edi!
Yigit kishining "avtoriteti”, qo`ynida nechta qiz borligi bilan emas (!) yemay yedirgan, ichmay ichirgan ota-onasini hurmatini joyga qo`yish. Yosh, bilagida kuchi borligida ishlab, o`qib yetim-bechoralarga sadaqa berishi, qilgan yaxshiligi bilan "avtoriteti” oshadi.

Yigitlar va qizlar bir narsani u qulog`ingiz bilan ham bu qulog`ingiz bilan ham eshiting! Zinoda yurganingiz bugun bo`lmasa ertaga, ertaga bo`lmasa, vaqti kelib yo oilangizda yoki turmushingizning eng shirin davrida farzandingizdan qaytadi. Shuning uchun Xudoni qahrini keltirmay hamma bilib-bilib qadamini bossa. Allohdan haqiqatdan qo`rqqan inson, HAQIQATDAN qo`rqqan inson zinoga yurmaydi! Agar, tanangizdagi shaxvatni ushlay olmasangiz, ko`zingiz behayo qizlarga tushganda "Subhanolloh” bilan ham kifoyalana olmasangiz, mozorga boring! Dunyo ishlari bilan charchaganimiz yetmaganiday, zinoga yurganlar ruhini battar kir qiladi. Yuragida qora dog` paydo bo`ladi, o`sha dog`ning oldini vaqti ololsangiz-ku hop-hop, bo`lmasa u butun yuragingizni qoralab vijdoningizni ham iymoningiz, isofingizni ham yo`q qiladi! To`g`ri qo`lingizda pulingiz ko`p bo`lishi mumkin, ammo ruhi isqirt inson bilan qaysi bokira qiz hayot qurgisi keladi? Allohning dargohiga qaysi betingiz bilan kirasiz? Qaysi betingiz bilan tuqqan onangizga "salom” berasiz? Oyijoningiz sizni "isqirt yo`lda yur” deb dunyoga keltirmagan! "Shu o`g`lim ham yurtga, odamlarga foydasi teyadigan farzand bo`lsin” degan!


Bu dunyo ko`zingga ko`ringanda tor,
Jimgina eslagin onangni bir bor.
Eslagin rozidir mahzun damlarda,

Chunki biz kelmaymiz, dunyoga takror...


Gapirish oson, harakatda qilishchi? Qachon, yoshlar orasida behayo voqealar kamayadi? Bu o`rinda sizing ham o`rningiz bor, hammamizning o`rnimiz bor!
Agar ruhan charchagan bo`lsangiz, mozorga boring, qizlar duo qilishsin. To`g`ri mozorda hech kim sizga "unday qilmoq kerak, bunday qilmoq kerak”, demaydi, yuragingiz gapiradi. Yurakning tovushini yohud nidosini eshitish esa Allohdan insonga berilgan eng katta mukofatlarningning biridir. Siz hayvon emas, odamsiz!

Agar, gaplarim noto`g`ri bo`lsa Xudoning o`zi kechirsin, ammo man bu gaplarni har birimizning ruhimiz va tanamizdagi beg`uborlikni saqlab qolish uchungina yozdim. Vaqt o`tishi bilan ko`pchilikning qalbida bolalarga xos beg`uborlik yo`qolib boradi, uni faqatgina duo va yaxshi insonlarning suhbati, namoz, ro`za tutish, yohud romantik kino va qo`shiq eshitishingiz bilan qaytarib olishingiz mumkin. Bu foniy dunyo, hammasi o`tadi ketadi… Allohning dargohiga ruhingizni poklab kiring!

Hazil o`rnida qabul qiling, uzr o`zbekchaga tarjima qilib bo`lmadi: Жизнь человеку дается один раз. И прожить ее нужно так, чтобы там наверху все сказали: "А ну-ка повтори" Siz bu sizsiz! "Siz" so`zining zamirida talaygina ma`no bor. Вы НЕПОВТОРИМЫ!

Manba:

OKAY.UZ (Anoshka)


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 5057 | Добавил: JacksoN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz