YAKSHANBA, 2025.07.20, 22:57
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Ноябрь » 5 » TALABA NEGA DARSGA KELMAYDI?
12:12
TALABA NEGA DARSGA KELMAYDI?

Hech e’tibor berganmisiz, ko‘p hollarda aybdor emas, aybsizlar gap eshitib yuradi. Ya’ni bir talaba darsga kelmasa, uning o‘zi emas, balki guruhdoshlari dakki eshitadi. Dekanat guruh rahbariga, guruh rahbari esa dars­ga kelib o‘tirgan talabalarga "murojaat” qiladi.
Biz nega dars qoldiramiz? Shu haqda o‘ylarkanman, bir nechta taxminiy sabablarni topgandek bo‘ldim. YA’ni, agar talaba:
— bemor bo‘lsa;
— oilasida biror jiddiy muammo bo‘lsa;
— ishlasa;
— o‘qishni xohlamasa yoki umuman qiziqmasa;
— domladan, o‘quv dargohi nazoratidan qoniq­masa;
— dars yoqmasa;
— ishongan "odami” bo‘lsa, darsga kelmasligi mumkin.
Bunday sabablarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ammo menimcha, o‘qishga umuman qiziqmaslik va universitetdagi nazoratni pisand qilmaslik sabablari haqiqatga yaq­in­roq bo‘lsa kerak. Chunki "oliy ma’lumotli bo‘lib, kelajakda biror kasbni egallayman” degan inson kasallikni yoki oilasidagi ba’zi muammolarni bahona qilmaydi. Darvoqe, shu xususda biz bugun ancha "ilgarilab” ketganmiz. Chunki dars qilishni xohlamasak, ertasiga domlalarimizga odat bo‘yicha "chiroq o‘chib qolgani”ni bahona qilamiz. Holbuki buyuk kashfiyotlari bilan tarixda o‘z nomini qoldirgan ajdodlarimiz davrida elektr chirog‘i degan narsaning o‘zi bo‘lmagan-ku! Balki biz ham ota-onamiz berayotgan to‘kin hayot shabadalaridan sarxush bo‘lib, bilim olishni oxirgi o‘rinlarga qo‘yayotgandirmiz. Balki tanish-bilishlarning "yog‘liqgina” ishga kiritib qo‘yishlariga ishonib, oliygohga faqat diplom olish uchungina kirgandirmiz. Xullas, sabab-u, bahonalar bisyor.
Talabaning darsga qatnashishi bir tarafdan domlalarga ham bog‘liqqa o‘xshaydi. Chunki  talaba domlaning yuritadigan "siyosat”iga qarab ish ko‘radi. YA’ni, yangi domla darsga kirar ekan, o‘zidan oldin u haqidagi "dannыy”lar yetib keladi. Talabalar shunday ustamonlik bilan "tekshiruv-surishtiruv” ishlarini olib borishadiki, orada yuqori kursdagilar ham, bitirib ketganlar ham "bebahra” qolishmaydi. Agar domla qattiqqo‘llik borasida nom chiqargan bo‘lsa, talabalarning darslarga tay­yor bo‘lishini ko‘ring. Mabodo o‘rtacha toifada bo‘lsa, talabaning "oyoq olishi” ham shunga yarasha bo‘ladi.
— Bizda shunday talabalar borki, o‘qish boshlanganda bir-ikki keladi-yu, keyin "yo‘qolib” qolishadi, — deydi TDIU talabasi Qahramon Qalandarov. — Lekin hozir bir qattiqqo‘l domlaning darsi qo‘yilgan. Uning darsidagi davomat 99 foiz bo‘lganiga o‘zimiz ham ishonmadik. Agar barcha domlalar shunday bo‘lsa, qochoq talabalar kamayarmidi?
Ha, bejizga bu dunyoni bir kam dunyo deb aytishmagan. Bir tomonda ilm olishga chan­qoq, iqtidorli yosh­lar imkoniyati yo‘q­ligi va omad yuz o‘girgani sababmi oliy dargohga kirolmay yursa-yu, bir tomonda peshonasi yaltiragan talaba bu baxt­ning qadriga yetmasa.
Bundan bir necha yil oldin respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida bir qiz bilan tanishib qolgandim. O‘zini Ziyoda deb tanishtirgan bu qiz olimpiada sinovlari davomida o‘zining bilimi va iqtidorini namoyish etib, ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. Keyinchalik uni universitetga hujjat topshirayotgan paytda uchratib qoldim. Biz bir fakulьtetga hujjat topshirdik. Nihoyat, haya­jonli imtihon davri abituriyentlarni o‘z sinovidan o‘tkazdi. Kimlardir talaba bo‘l­di, yana kimlardir taqdirga tan bergancha ortiga qaytdi. Keyinchalik bilsam, Ziyoda o‘qishga kirolmagan ekan. Universitetga kirib, umuman "qorasini ko‘r­sat­may­digan” kursdoshlarimga qarab (bunday talabalarning qanday yo‘l bilan o‘qishga kirishganining o‘zi bir jumboq!), bir narsani o‘ylab qolaman. Uning o‘rniga Ziyoda­dek o‘qishga ishtiyoqmand yosh­lar qabul qilinganda, balki ilm ham, davomat ham bo‘zlab qolmasmidi?!

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 1168 | Добавил: Shuhrat_88 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Ноябрь 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz