CHORSHANBA, 2025.06.25, 01:01
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 5
MEXMON 5
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Март » 3 » SMS samimiy izhormi?
20:44
SMS samimiy izhormi?

Zamon taraqqiy etgani sari ko‘p yumushlar oson hal bo‘layapti. Ilgari uzoqdagi do‘stlar bilan xat orqali xabarlashgan bo‘lsak, hozir internet tarmog‘i dunyoning u burchagidagi kishi bilan ham suhbatlashish imkonini beradi. Borgan sari aloqa sohasida barcha narsalar osonlashib borayotgandek. Bugungi kunda uyali aloqa vositasi ham hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Uy bekasidan tortib, kasalxonadagi bemorgacha o‘zining beminnat do‘stiga suyanib qoldi. 

Kun sari uyali aloqa kompaniyalari turfa xil xizmatlarni taklif qilib, mijozlarni ham biroz shoshirib qo‘ymoqda. Endi kimgadir xat, ya'ni SMS yozmoqchi bo‘lsak, kompaniya taqdim etgan tayyor matndan foydalanish mumkin. Biroq...

Hozir televidenieda ham, radio yoki gazeta orqali ham falon raqamga SMS yuboring degan undovni tinglash, ko‘rish mumkin. To‘g‘ri-da, deylik, radioning qutlovlar dasturiga telefon orqali ulanish mushkul, SMS esa ko‘psonli muxlislar talabini bir vaqtda qondiradi.

Yaqinda tungi soat 23:00 lar atrofida obro‘li radiokanallardan birida ajoyib eshittirish berildi. Mavzu kishining ichki va tashqi go‘zalligi haqida ekan. Tanlangan mavzu mushohadali, efirga ulanayotgan muxlislar fikri esa bir-biridan qiziq. Orada SMSlar ham o‘qib eshittirildi. Shunda o‘ziga xos bir SMS e'tiborimni tortdi. "9- "g" sinfidagi Izzat ham ichki va tashqi tomonlama go‘zal. Men uni hurmat qilaman. Madina". 

Boshlovchi esa, bu SMS muallifiga javoban shunday yo‘l ko‘rsatadi: "O‘rtangizdagi bu rishta visol bilan yakun topsin". 

Kechirasizu, 9-sinfdagi o‘smir qizga bunday tilak bildirish, bizningcha, boshlovchi etikasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bahona har kuni istar-istamas quloqqa chalinayotgan SMSlar mazmuni haqida ayrim mulohazalar tug‘ildi.

- ... Salom, abonent yaxshi yotib tursinlar.

- !...Qarshi shahridagi falonchixonga yurakcha...

-...Salom azizim, ______ M, kechirasiz (boshlovchi boshlab qo‘yganu, u yog‘ini o‘qishga uyat yo‘l bermaydi).

Albatta, muxlis bilan radiokanalning jonli muloqotga kirishgani yaxshi, ammo yozish kerak ekan deb, hamma narsani ham yozavermaydi-da. Hurmatli boshlovchilar ham qaysidir hamma eshitishi zarur bo‘lmagan, ba'zan behayo SMSlarni o‘qimasalar, nari borsa, bir abonent (yo‘g‘-e, muxlis demoqchi edim) xafa bo‘ladi. Ammo minglab tinglovchilar bemaza satrlarni eshitmaydi. Efir vaqti ham behuda sarf bo‘lmaydi. Yana mavzuga doir bir jihat. Bir kuni tasodifan hamkasb qizga kelgan SMSlarga ko‘zim tushdi. Ishonasizmi, bir haftada naqd 160 xabar kelibdi. Ha, shoirtabiatligiga boribdi-da, dedim ichimda. Biroq xabarlarda yozilgan "she'rlar" SMS muallifi haqidagi fikrimning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Keyinroq esa, bu beparda satrlar tayyor sevgi izhorlaridan ko‘chirilganligini aytishdi. 

Millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ularni ushlab turish, to‘g‘risi, uyali aloqa kompaniyalariga ham oson emas. Kuchli raqobat sharoitida abonentlarni jalb etish anchagina ter to‘kishni talab qiladi. Qilingan mehnat esa mijozlar soni oshgani bilan qadrlanaveradi. Ammo bu abonentni nima qilib bo‘lsa ham ushlab turish degani emas. Daromad o‘z yo‘liga, ammo shunday ajoyib, bir-biriga o‘xshamas xizmatlar (deylik, ertangi ob-havo haqidagi, iqtisod va narx-navo bilan bog‘liq xabarlar) ko‘rsatayotgan zahmatkash xodimlar nega mijoz saviyasini o‘tmaslashtirib qo‘yishdan xavotirlanmayotirlar? Sevgi izhori uchun SMS tayyorlash kerak ekan, bo‘lar-bo‘lmas so‘zlar qorishmasini yozib, qiynalgandan ko‘ra, mumtoz asarlardagi shoh baytlardan yoxud zamondosh shoirlarimiz ijodidagi go‘zal satrlardan foydalanilsa bo‘ladi-ku. Albatta, bu mening qarashlarim. Asosiysi, o‘smir yoshlarimiz she'r deganda o‘sha «jo‘qiy» izhorlarni tushunib qolishlaridan xavotirdaman.


Zuhra Boboxo‘jayeva
"Ma’rifat” 


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 1010 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz