Dildan xotiralar ketmoqda o'chib Alamlar afsuslar tilimdan ko'chib Sizni unutyapman! Sizni unutyapman o'zimdan nolib Olovli qalbimga sovuq muz solib Qachonlardir aytgan so'zimdan tonib Sizni unutyapman! Sizni unutyapman g'amgin va xorg'in Uchib ketayotir sevgi otliq qush Qachon tugar ekan bu alamli tush Sizni unutyapman! (sizni unutyapman) bu so'zni qandaydir zaxri bora yurakni juda azobga qo'yadigan. Salom. Yodingizda bo'lsa (Siz bir kun qaytaytasiz) sheri bilan sizlarga murojat qilgandim. Ko'pchilik saytdoshlar (ota onang roziligi bilan boshqa yigitga turmushga chiq o'shanda 7yillik sevging unut bo'lib ketadi) deb maslaxat bergandilariz. 7yillik muhabbatimdan kechdim onam aytgan yigitga rozilik berdim ammo unutish yuragimdagi sevgini chiqarib tashlash qo'limdan kelmayapti. Azizlarim maslaxatizga zorman man to'g'ri yo'l tanladimmi? Kelgusi xayotimda azoblarga bardoshim yetadimi? O'zimku mayli umr yo'ldoshimni xam baxtsiz qilib qo'ymaymanmi? Oldindan tashakkur ila maslaxatizga zor saytdoshiz.