Siz meni sevasiz: meni öylaysiz, g'amxörlik qilasiz, tushlarizda körasiz. Lekin... Sog'inmaysiz. Men sizni sog'inganday sog'inmaysiz. Yöqsa xaftada bir marta qöng'iroq qilish örniga oyda bir bor yöqlab kelardingiz. Bilaman fursat oz vaqt g'animat ishingiz köp. Biroq sog'ingan odamga vaqt muammo bölmaydi-ku. Könglingizga yaqin inson uchun xech bölmaganda oyda bir marta vaqt ajrating. Diydorning örnini tinimsiz qöng'iroqlar xam xar kuni yöllangan xatlar xam bosolmaydi. Diydorga xech nima yetmaydi. Men sizni ovozingizni eshitishga mushtoqman albatta. Biroq közlarim xam chexrangizni körishga extiyojmand. Közlarimni buncha intiq qilmang. Sog'ingan bölsangiz yonimga keling...