Ko'zlarimda suratingiz, Dardlarimni bilolmaysiz. Yig'lamaydi yuragingiz, Siz mendayin sevolmaysiz. Siz tilagim desangiz ham, Qon yuragim desangiz ham, Yuz yil yig'lab sevsangiz ham, Siz mendayin sevolmaysiz. Chidolmaysiz firoqlarga, Hijron otli qiynoqlarga, So'ng ketasiz yiroqlarga, Siz mendayin sevolmaysiz. Jon beray bir so'zingizga, Yo tikilib ko'zingizga, Jabr qilmang o'zingizga, Siz mendayin sevolmaysiz. Nigohimda nigohingiz, Dardim og'ir siz bilsangiz, Yurakdagi tug'yonimsiz, SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ!!!!
|