Gollandiyada yaqinda o'tkazilgan ilmiy izlanishlar
natijalariga ko'ra cho'chqalardan ishlab chiqarishda foydalanishning
185 usuli aniqlangan. Mazkur tadqiqotda, hususan, cho'chqa qonidan
olingan gemoglobin sigaret filtrlarini tayyorlashda qo'llanilishi habar
berilgan. Mutahassislarning ta'kidlashicha, cho'chqa qonidan
olingan gemoglobin sigaretdagi zararli moddalarni samarali tortib olish
hususiyatiga ega bo'lib, chekuvchilar uchun foydali hisoblanar ekan.
«Mazkur husus sigaret iste'mol qiluvchi musulmonlar va yahudiylarga
tashvish tug'dirishi tabiiy. Lekin bunda qo'llaniladigan cho'chqa
qonidan olingan gemoglobin miqdori juda kam bo'lgani uchun sigaret
ishlab chiqaruvchilar ularni sigaret qutilarida aniq ko'rsatmaydilar.
Bir tarafdan qonun ishlab chiqaruvchilardan sigaret tarkibini
ko'rsatishni talab qilmaydi, ikkinchi tarafdan esa ishlab
chiqaruvchilar sigaret tarkibini kasbiy sir deb biladilar» deydi Sidney
universiteti professori Saymon Chepmen. Natijada, olimning
ta'kidlashicha, qaysi sigaret ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarida
cho'chqadan foydalanishlarini aniq aytishning iloji yo'q.
Shu bilan birga eslatish joizki, Islom ulamolari chekishning
haromligiga ittifoq qilganlar. Zero, Shariat musulmonlarga foydasiz
narsalarga mablag' sarflashni, hamda o'z sog'liqlariga zarar etkazishni
ta'qiqlaydi. Endi esa sigaretlar tarkibi bo'yicha ham harom ekanligini
ko'rib turibmiz.
|