Shou-biznesda o'zbek "Riki Martin”ni paydo bo'lganga o'xshaydi, TVM kanalida "Veter lyubvi” qo'shig'i bilan raqsga tushib kuylayotgan Jassur, asli bolalikdan bir qancha yutuqlarga ega. Asli ismi Jasur Mirsagatov bo'lgan bu yigit bir necha tillardagi maxoratli qo'shiqlari bilan ko'pchilikni rom etgan. Tan olish kerak, iqtidori xurmatga sazovor. Taxallusni sal g'alatiroq tanlaganini aytmasa, yo'nalishni to'g'ri tanlagan deb xisoblaymiz . Endilikda iqtidorini raqsga tushib xam namoyon qilayotgan Jasur asosiysi bir paydo bo'lib yana yo'q bo'lib ketmasligi kerak. Agar mazkur yo'nalish va tempda to'xtamay davom etsa, balki Riki Martinni xam yo'lda qoldirar?.