 Samimiy tuyg'ularim tutashgan joy sherlar.uz, Sog'inyapman men seni ketmay turib men hanuz. Sherlar.uzda topdim men ajoyib do'st,sirdoshlar, Ketayapman men endi ko'zimdan to'kib yoshlar. Hayot ekan shunaqa goh qayg'uli,goh shodon, Qalbimda yasharsizlar aziz do'stlarim mudom. Bo'lmanglar mendan xafa,topmadim o'zga chora, Balki unutarsizlar,meni siz bora bora. Bergan bo'lsam qalbingizga men bilmayin ozorlar, Buning uchun so'rayman sizlardan ming uzrlar. Balki men qaytmasdurman,balki qaytarman nogoh, Allohdan so'rayman sizlar uchun men panoh. Aziz do'stlar barchangiz Allohimga omonat, Ato etsin mustahkam,tugamas bir diyonat. Ketish sabab ey do'stlarim mendan qilmangiz gina, Barchangizni sog'inuvchi,sodiq do'stiz Madina!
|