 Shaxzoda oilasi xaqida eksklyuziv tarzda intervyu berdi.
Suxbatimiz xam asosan oila, oshxona, tarbiya va umuman uy muxiti xaqida kechadi.
Ijod
Kechadan bugungacha bosib o'tilgan mashshaqatli yo'l.
- Albatta og'ir bo'ldi, juda og'ir. Kechagi kunlar...U paytlar ko'ngilga xech narsa sig'magan xam. Ishonmaysiz, depressiya natijasida 8 kilogacha ozib ketgandim. Bunday zarbalarga tayyor emasdim, to'g'risi, albatta tushunib turardim inson xayotida qandaydir sinovlar bo'lishini, va bundan o'zimni yo'qotmasdan munosib tarzda o'ta bilishim kerakligini xam. Albatta bundan o'tish oson kechmadi. Xozirda xursand bo'lishdan xam qo'rqib qolganman.
Nimalar yordam berdi?
-Vaqt. Kundan-kunga xammasi o'z joyiga tushib ketishini kutdim. Yaqinlarim vaqt insonni davolashi va agar sen xaq bo'lsang baribir vaqt buni ko'rsatadi deb dalda bo'ldi.
Nima uchun ijodingizni reklama qilmadingiz degan savol bermayman, lekin tan olish kerak reyting darajangiz munosib tarzda o'z o'rnida ushlanib turdi. Bugunga kelib ba'zi reklamaga ancha pul sarflayotganlarga qaraganda reytingiz baribir ulardan baland. Buning siri nimadaq Balki strategiya yo'li bordirq O'zbekistonda bo'lmasa, Rossiya orqali deganq
-Aslo yo'q! Birinchi navbatda menga men ishlayotgan kompaniya katta yordam berdi. Balki noto'g'ridir, ammo aynan shu kompaniya bo'lmaganida menimcha shou-biznesda shuncha payt o'z o'rnimni ushlab tura olmagan bo'lardim xam. Meni onamchalik xech kim yaxshi bilmasa kerak, va onamning aytishiga qaraganda, agar men bir o'zim bo'lganimda shou-biznes meni “eb qo'ygan” bo'lardi, chunki o'sha paytlar bu juda oson edi. Kompaniya qaddingni rostla xammasi yaxshi bo'ladi, nima bo'lganda xam mexnat xamma narsani yengadi deb ishlashga undadi. Xozir bu xaqiqat ekanligini anglab yetmoqdaman, chunki asli to'g'risini aytganda ozgina erinchoqligim bor, va goxi qiyin meni biron narsaga undash. Lekin aynan shu yordamchilar natijasida, ularning qistovi bilan erishdim bu narsalarga. Men mashxur bir yulduzman xammasiga o'zim erishdim deb ayta olmayman, xech qaysi bir artist buni aytmasa xam kerak, chunki atrofdagilar yordamisiz, faqat moliyaviy bo'lishi shart emas, oddiy ruxan qo'llab quvvatlashisiz xam shou-biznesda o'z o'rnini ushlab turish qiyin. Rossiyaga kelsak, yo'q, eng katta mukofot bu o'z yurtingda tan olinish. Agar o'z yurtingda tan olinmasang, nima keragi bor boshqa yerga intilishniq Rossiya bilan loyixa bu vaqt o'tishi bilan Rossiyaning shimoliy taraflari Kavkaz, Dog'iston, Maxachkala va Chechenistonlarda “Fotima va Zuxra” filmi orqali tanib, konsertlarga takliflar tusha boshladi. O'tgan yili gastrol safarlari bilan o'sha yerlarda bo'lib keldim. Asta-sekinlik bilan Kaspiy va Ukrainalardan xam takliflar tusha boshladi va u yerlarda xam konsert dasturlari bilan ishtirok etdim. Mana shu narsalar rus tilidagi albom yaratishga turtki bo'ldi. Avvalgi suxbatlarda aytgan edim, kavkaz va rus millatiga mansub odamlar o'zbek tilidagi qo'shiqlarimni men bilan birga barobar kuylayotganlari meni xayratlantirgandi. Xattoki konsertlarda turli o'yinlar tashkil qilinib, qo'shiqlarimni kuylab berganlarga plakat va disklarimni sovg'a qilish sharti bo'lganida, rus va Kavkaz millatiga mansub ko'pgina insonlar o'zbek tilida qo'shiqlarimni kuylab berishgandi. Maqtanish emas-ku, keyinchalik “Assalomu aleykum”, “Faqat sen”, “Xayot ayt” qo'shiqlarimni kavkaz tilida ular qayta kuylashgan xam. Nafaqat ular uchun balki, o'zimizda xam rusiyzabon insonlar ko'p bo'lgani sababli rus tilidagi albomni yaratish istagi tug'ildi. Asta-sekinlik bilan kliplar ola boshladik, lekin O'zbekistonda bo'lmasa Rossiya orqali degan niyatda emas, chunki O'zbekistonlik muxlislar meni unutishdi deb xam ayta olmayman. O'z yurtimda konsert berish xanuz orzuim, bu meni yurtim va menga shu yer yoqadi.
“1001 kecha” klipi Rossiya kanallarida ko'rsatila boshlagach ko'pgina muxlislar Shaxzoda xam Sogdiana singari endi faqat Rossiya uchun ijod qiladi deb cho'chishgandi. Sogdianadan muxlislarimiz xar qancha g'ururlanishmasin, afsuski o'zbek xalqi uchun ijodi to'xtagan va Rossiya muxlislari uchun ijod qilayotgani achinarli.
-Rosti xizmatlarda bo'lgan paytlarim odamlardan ba'zilari yonimga kelib “Siz Toshkentdamisizq Biz Sizni Moskvaga ketib qolgansiz deb o'ylardik” degan savollari ajablantiradi. Axir Toshkentda yashasam nima uchun Moskvaga ketishim kerakq- deyman. Shunchaki xamkorlikda ishlaymiz xolos. Turmaniston, Qozog'iston va Tojikiston respublikalariga gastrol safarlari bilan borganim kabi Rossiya bilan xam xuddi shu tarzda ish jarayoni kechmoqda, lekin, men Toshkentdaman, o'z yurtimni juda xam sevaman va xech qachon o'zga yurtga alisha olmayman. Qayerda bo'lmasang, baribir o'z uyinga tortadi-ku. Balki vatanparvardirman, ammo o'z yurtimni ardoqlashim jiddiy xaqiqat.
Dj.Smash bilan loyixangizdan so'ng, u bilan Farg'onada konsert berdingiz. Nima uchun Farg'onadaq Va aynan tug'ilgan kuningizda.
-Xayriya konserti edi, Farg'onada bolalar uyi bor, ana o'sha yerni ma'muiriyati bizni taklif qilishni istadi, biz esa rad etmadik. Tug'ilgan kunim tasodif orqali ayni shu kunga to'g'ri keldi.
Shakhzoda.ru saytingizda internet olamining qaysi saxifalarida bo'lishingiz e'lon qilindi. Bu nima bilan bog'liqq So'nggi paytlar internet olamida mashxurlar nomidan suratlar qo'yilib odamlar bilan gaplashayotganlar ko'payishiga qarshi kurash turimi
-Albatta ko'proq muxlislarga yanada yaqinroq bo'lish turi. Xizmatlar yoki konsertlarda muxlislar bilan muloqotga vaqt yetmaydi va iloj kamroq. Kurash turiga kelsak, albatta xaqqoniy strategiya, chunki internet olamida mening o'rnimga boshqalar o'tirishini odamlar bilishi kerak. Goxi ba'zi saxifalarga kirganimda mening suratim asosiy qilib o'zlashtirgan bo'lib, ichidagi albomida menga taqlid qilib bo'lmag'ur tarzda, yuzini sochlari bilan yopib, ochki taqib suratga tushganlar ko'p. Va tagiga meni ismimni yozib xam qo'yishadi. Aksariyat odamlar ularni xam men bilan adashtirishi mumkin, ishonishadi xam, shuning uchun rasmiy saxifalarimni e'lon qildim va aynan o'sha saxifalardagi suratlargina meniki. O'zingizga ma'lum bunaqa yolg'on Shaxzodalarga duch kelganman va bu narsa xayotimda yana qaytarilishini xoxlamasdim.
“Odnoklassniki” saytidagi rasmiy “Shahzoda-star!” guruxingizda “Mejdu nebom i zemley” qo'shiqni di-djeylar tarafidan qayta mikslar xaqida bilib oldik. Ular bilan tanishdingizmiq
-Albatta. Adashmasam “proma didjeev” saytida Andrey Dj.Smash shu qo'shiqni originalini qo'yib didjeylarga o'z variantlarida qayta miks qilishlari taklifini kiritgandi. Juda ko'p mikslar bilan tanishdik. Rasmiy ravishda italiyalik dunyoga mashxur Nari&Milani didjeylari qilgan mikslari xam taqdim qilindi. Bu didjeylar “Black eyes peace” guruxi bilan xamkorlikdagi maxsulotlari bilan tanish. “Mejdu nebom i zemley” qo'shig'i yaqinda sokin bo'lib, trio ko'rinishida taqdim qilinadi, uchinchi ishtirokchi kim ekanligi xozircha sir.
Nima uchun bu duetingizda Dj.Smash kuylamagan, klipda xam faqat rol ijro qilgan?
-Bu duet, loyixa muallifi xam Andrey Dj.Smash, g'oya, aranjirovka va ovoz berishlar xam uniki. Men shunchaki ijrochi. Bizda duetmi demak ikki kishi albatta kuylashi kerak deb tushunishadi. Timbaland duetlarini eslang, u xam qo'shiq kuylamay ovoz va musiqaga javob beradi lekin u xam duet.
Muxlislarga nimalar yana taqdim qilinish arafasidasiz?
-Xar yili oktyabr oyida albom chiqarish an'anamga aylangan edi, lekin, bu yili xam o'zbekcha xam ruscha albomlarimni taqdim qilganim bois, xammasi bir kelib qoldi va shuning uchun ulgurmayapmiz. Nasib qilsa yangi yildan so'ng ruscha va o'zbekcha albomlarni taqdim qilamiz, xozirda tayyorlanmoqda. Yana yarim yil avval yozgan o'zbekcha qo'shig'imga klip olishni boshladik, nomlanishi sir.
“To'rt qadam” qo'shig'ingiz xit bo'lishiga qaramay ancha vaqt klip suratga olinmadi va birdan “O'zimdan o'zimgacha” filmida sauntrek sifatida namoyish qilindi.
-“Sevgi bor” albomimdan joy olgan xamma qo'shiqlarga klip olmoqchi emasdik. Birinchidan ulgurmayotgandik xam. Albomlar, gastrollar, Dj.Smash bilan loyixamizni Los-Anjelesda klip suratga olishga ketdik va xammasi bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi. Demak taqdirda “To'rt qadam” qo'shig'imga klip suratga olish bor ekan, film ijodkorlaridan sauntrek sifatida foydalanish taklifi tushdi. Efirda namoyish qilinishi shart emas, bu qo'shiq film moxiyatiga juda mos deb iltimos qilishdi. Film ssenariysi bilan tanishib rozi bo'ldik, filmning premerasiga xam bordim va fikrimcha qo'shiq filmga juda mos tushgan.
Bosh rolni talqin etgan Shaxzoda Matchanova bilan suxbatda, filmning aynan sauntrek qo'yilgan saxnasini suratga olishayotganida obrazga kira olmay bironta qo'shiqni qo'yishlarini iltimos qilgan, va “To'rt qadam” qo'shig'i tasodif tarzda qo'yilganida u xursand bo'lib rolni ijro qilgan, chunki u Sizning muxlisingiz xam ekan. Film montajida aynan o'sha saxnadan sauntrek boshlanadi. Qizig'i uning asl ismi Shaxzoda, va suxbatda Sizga o'xshashlik taraflarini sezdik. Sizning “Ne qilish kerak” qo'shig'ingiz xatto uni yig'latar xam ekan.
-Men juda xursandman, premerada uni ko'rdim, nozikkina chiroylik qiz ekan. Meni muxlisim ekanligidan juda xursandman, yana qo'shig'imga kimdir yig'lashi meni ta'sirlantiradi.
Jonli ijro xaqida sozandalar yig'ayotganingiz xaqida aytgandingiz?
-Xozir uch kishidan iborat sozandalarim mavjud, urma sozlar, klavish va gitarist. Birga xizmatlarda jonli tarzda ishlamoqdamiz.
Filmlarda tinchlik
-Bu yili juda ko'p ssenariylar berishdi, takliflar xamon ko'p. Rossiyadan bir katta serialda bosh rolga xam taklif qilindi. U serial xozirda o'zlarining xomiylari tarafidan ba'zi kelishmovchiliklar yuzasidan to'xtab turibdi. O'zimizdan taqdim qilayotgan ssenariylarni yomon deya olmayman, tanlashga xaqqim yo'q. Lekin yosh bo'yicha to'g'ri kelmayapti ko'pchiligi. Maktab o'quvchisini rolini talqin qilish taklifi xam bo'ldi. Balki professional aktrisa bo'lsa 40 yoshida xam 16 yashar qizni rolini ijro qila olishi mumkin, men aktrisa bo'lmaganim sababli xozircha tanlash xuquqiga egaman. Menga xanuz filmda rol ijro qilish juda yoqadi, lekin, shunday bir ssenariy berishlarini kutyapman-ki, xayotiy bo'lib, bir qizni xayotini tasvirlab berishi kerak. Yigit boy bo'lib, qiz kambag'al yoki teskarisidek xayotiy emas, insonni xayotida bo'lib o'tishi mumkin bo'lgan xaqiqiy va xayotiy film bo'lishini istardim. Xaddan ziyod bezalgan emas, xaqiqiy xayot bo'lishi kerak, undagi vaziyatlar qanday bo'lishi endi rejisserga bog'liq. Menimcha bu rolni ijro qilish meni qo'limdan keladi. Professional rejisserlarga aql o'rgata olmayman, shunchaki vaqti kelib o'zimga mos ssenariy keladi deb xisoblayman.
O'zingizni xayotingiz tasvirlangan, yoki xayotingizni ko'rsata oladigan filmda rol rol ijro qilgan bo'larmidingiz?
-Bo'lishi mumkin. Lekin boshqa tarafdan xoxlamagan bo'lardim, xayotimdan biron narsani yashirish niyatida emas, artist bo'lganim sababli sirliroq bo'lib qolishni istardim. Keyin ancha tanaffus sababli o'zimni sinamoqchiman, va men ijro qilishim mumkinmikan degan savol tug'iladigan rol ijro qilishni istardim. Asli psixologik murakkab filmlarni yoqtiraman. Menimcha menga juda ko'p komediya janridagi taklif qilinayotgan filmlardan ko'ra, bu obrazga kirishim osonroq va ijro qila olaman deb o'ylayman.
Oshxona bekasi
Shaxzoda oshxonada
-Uyimizda oshxonaga o'tadigan ovqatlanish xonasi ko'rib turganingizdek juda katta, shuning uchun aksariyat xollarda oshxona bilan bog'liqman. O'g'lim ertalab o'qishga ketadi va birga nonushta qila olmaymiz, asosan turmush o'rtog'im bilan birga nonushta qilamiz. O'g'lim Solix asli negadir nonushta qilishni yoqtirmaydi, xar qancha urinmay befoyda. Shuning uchun bir kun avval kechqurun maktabga olib ketish uchun unga "buterbrod" tayyorlab qo'yishga xarakat qilaman. Kechki ovqatlanishni esa xamisha uchchalamiz birga dasturxon atrofida o'tkazamiz. To'g'risini aytsam, faqat yakshanba kuni oshxonada bekaman. Shu kuni uydagilarni nonushta, tushlik va kechki taomlar bilan siylayman. Boshqa paytlar ish bilan band bo'lganim sababli uy ishlari bilan mashg'ul bo'ladigan yordamchim bor. Deyarli xamma taomlarni tayyorlashni bilaman. Oila a'zolarim meni qo'limdan palov va manti tanovvul qilishni yoqtirishadi. Ota-onam talabchan bo'lgani bois 13 yoshimdan uyda taom tayyorlashni boshlaganman. So'nggi paytlar xamirli taomlar; manti, lag'mon va chuchvaralar ko'p tayyorladim.
Qisqa test savol, xamir ovqatni tayyorlashni bilsangiz, mantini xamiriga qanday maxsulotlar solinadiq
-Oddiy tuzli suv, tuxum va un. Tuxum xamir ajralib ketmaslik uchun kerak (testo chtobi ne razvalilos)
Taom mazali chiqishi uchun qanday sirlarni bilasiz?
-Juda ko'p ular, xozir yodimga kelmayapti, lekin eng asosiysi, agar taomni chin dildan tayyorlasangiz u juda mazzali chiqadi. Va yana bir muxim vaziyat bu taomni qay xolda tortiq qilish. Mening turmush o'rtog'im dasturxon bezalishiga juda katta axamiyat beradi, uni do'stlarim xazillashib «anglichanin» deb atashadi. Dasturxon tartib va nozik did bilan bezalganini xush ko'radi, yana dasturxon to'kis va chiroylik xolda bezalishini talab qiladi. Dasturxon fayzli bo'lishi kerak.
Desert tavomlar – shirinliklar?
-Ancha bo'ldi tayyorlamaganimga. Oxirgi marotaba an'anaviy bo'lib qolgan “Zebra” pirogini tayyorlagandim, bolalikdan menimcha xamma bilsa kerak uni tayyorlashni. Esimda bor, onam men bilan akamga o'rgatar edi, xaligi suyuq xamir ikkiga bo'linib biriga kakao qo'shilib tayyorlanardi. Akam bilan bizning sevimli mashg'ulotimiz aynan shu idishga bir qoshiq kakaolik, bir qoshik oqidan solish payti bo'lgan. Ikkimiz turib olib bir qoshiqda u kakaolikni solsa bir qoshiqda men oqidan solib turardik.
Oilangiz xaqida doim mavxumlik bo'lgan, akangiz xaqida esa umuman xech kim bilmasa kerak, umuman shaxsiy xayot emas oila a'zolaringiz xaqida
-Oilada ikki farzandmiz, akam va men. Akam Musayev Erkin uylangan, rafiqasining ismi Albina, o'g'li bor Samir ismi. Akam biznes bilan shug'ullanadi va shou-biznesdan juda yiroqdagi inson. Onam Musayeva Mayya esa xozir pensiyadalar, avval rus-tili va adabiyoti o'qituvchisi bo'lgan, filologlar.
Xonadon bekasi
Xonadon qanday bo'lishi kerak?
-Eng asosiysi bu xonadonda doim yaxshi kayfiyat xukumron bo'lishi kerak. Tongda uyqudan uyg'onib qanday kayfiyat bilan kunni boshlasangiz xammasi shunga bog'liq bo'ladi. Uyg'onganimizda asosan kayfiyatimizni uyimizdagi jonivorlar ko'taradi. Bular uy ichidagi “Laska” (Mayin) laqabli mushugimiz va xovlimizdagi “Prins” (Shaxzoda) laqabli labrador zotli it. Yakshanba kuni aytganimdek oilamiz jamuljam bo'lib nonushtadan so'ng, nafaqat shu kuni balki xar kuni kechki ovqatlanishdan so'ng, xovliga chiqib “Prins” bilan o'ynaymiz. U juda futbolni xush ko'radi, o'zining to'pi xam bor. Xar kuni “Prins” bilan turmush o'rtog'im va o'g'lim futbol o'ynashadi, men esa xovlida kuzatib o'tiraman.
Saranjomlashda nimalardan boshlaysiz?
-Avval yotoqxona o'rnini tuzataman. Derazalarni ochib xavo alishtiraman. Keyin changyutgich yordamida tozalab, pol artaman keyin esa oxirida chang artib chiqaman.
Madaniy xordiq
-Bolalikdan turli opera, balet va teatrlarga onam bilan juda xam ko'p borib turar edik. Onam bir umr balerina bo'lishni orzu qilgan, va xaftada kamida uch marotaba Alisher Navoiy nomli katta opera va balet teatriga borar edik. So'nggi marotaba yaponiyalik mashxur balerina Toshkentga kelganida uning “Jizel” baletiga borgan edim, menga juda yoqdi. Xozir esa konsert, gastrol va to'y xizmatlari bilan band bo'lib qoldim. O'g'lim juda mustaqil bola va doim kinoteatrlarga do'stlari bilan borib yuradi. Keyin Nilufar Usmonova bilan maxalladosh qo'shnimiz, uning o'g'li Saidag'zamxon bilan juda inoq do'st. So'nggi marotaba ular birga futbolga borgandi.
Tarbiya
O'g'lingiz xayotidagi tarbiyaviy o'rningiz
-Juda xam katta. O'g'lim 6 yil davomida onam bilan yashagan, o'sha paytlar ishlash tartibim juda qaynoq kechgani bois onamga topshirgandim. Farzandimni begona insonga ishona olmayman, shuning uchun enaga yollamaganman. O'g'lim injiqlik qilgan paytlari na onamga va na akamga qo'loq solmaganida men kelsam u umuman yaxshi tarafga o'zgagardi. Mendan qo'rqishi emas, chunki bolalarni juda sevaman va umrimda o'g'limga qo'l ko'tarish tugul tarbiya yuzasidan xam xatto ovozimni balandlatib gapirmaganman. Bilmasam bolaligidan mening gapim unga juda muxim, qattiq xurmat belgisidir. Qizig'i bolaligida meni Zilola deb chaqirardi, albatta bu onam meni chaqirganidan eslab qolib qaytarardi. Keyinchalik nafaqat meni balki onamni xam xanuz ona deb chaqiradi. Xozir anchadan beri men bilan yashamoqda va meni gapimga doim quloq soladi.
Men o'zimni tarbiyadan ko'ra o'qishiga qattiqqo'l ona deyishim mumkin, boshqa tarafdan o'g'lim bilan do'stona muloqotdamiz. Birgalikda raqsga tushib, xazillashib o'ynashimiz mumkin-ku lekin, doim me'yorni bilib sezib turaman. Masalan ovqatlanib turib “chapillatsa” bir nigoximning o'zi kifoya va u darrov tushunadi. Xozir 12 yoshda va uning dunyoqarashi birmuncha yoshiga nisbatan kattaroq. Do'stlarim o'g'limni fikrlash doirasiga 16 yoshdek deb aytishadi. 5 sinfgacha a'lo darajada o'qib, maktab-gimnaziyasida a'lochilar peshtaxtasida ( na doske pocheta) eng a'lochi o'quvchi sifatida turgan bola birdan, bilmasam nimadir sabab bo'lganmi baxolari pasaya boshladi. Darsdan ketish va xokazolar, xullas shu yoshda bo'ladi shekilli. Shunda o'tirib jiddiy suxbatlashdim. Erkak kishi uchun ta'lim juda muxim narsa, o'zing o'yla sen qanday qilib keyin pul topasan biliming mukammal bo'lmasa desam, judayam bir kulguli javob berdi “Sizni pulingiz bor-ku, Siz kuylaysizku»-deydi.(kuladi). Men unga to'g'ri men yaxshi pul topayotgandirman, lekin men baribir ayolman va ayol bilan erkakni xech qachon taqqoslab bo'lmaydi, erkak kishini zimmasida xamma narsa bo'ladi. Bilim yetarli bo'lmasa aql oqsaydi va xamisha xam kuchga ishonib yashab bo'lmaydi, xayotda o'z o'rningni topishing uchun ta'lim va tegishli bilimga ega bo'lishing shart-deb uzoq tushuntirdim. Bilasizmi, shu suxbatni o'zi yetarli bo'ldi. Xozir o'qituvchisi bilan telefonlashib turamiz va u “Solixni go'yo alishtirib qo'ygandek, yaxshi tarafga o'zgargan» deb ajablanadi. Xozir kuniga kamida 5ta 5 baxo olib keladi, o'qishga jiddiy kirishib ketdi. Yaqinda yonimga kelib “Ona, ta'lim olish aslida juda xam qiziq ekan” dedi.
Maktabiga borib turasizmi?
-Juda xam kam xollarda. Asosan tez-tez qo'ng'iroqlashib turamiz. Majlislarga esa onam borib turadilar.(kuladi).
So'nggi paytlar bolalarning o'tish davridagi psixologik murakkab bo'lgan jarayon (akseleratsiya) ancha ortga surilgandek, va o'g'lingiz tengi bolalarda bu kuzatila boshlanadi, bunday paytlar bola injiq bo'lib qoladi, katta o'zgarishlar seziladi xarakterida. O'g'lingizda shunday kechinmalar kuzatilyaptimi va bunday paytlar Siz qanday yo'l tutasizq
-Men bolalarni sevganim uchun emas umuman bir asosiy narsani aytib o'tmoqchiman, xar qanday farzand faqat yaxshi gapni tushunadi. So'nggi paytlar unda ko'pincha g'amginlik va injiqlikni seza boshladim. Goxi juda xam charchab kelgan paytlarim xech narsa yoqmaydigan paytlar bo'ladi, shunda nimaladir gapirsa axamiyat bermay qolishim mumkin. Shunday paytlarni birida u yonimdan yo'q bo'lib qoldi. Jimgina xonasiga kirib yig'layotgan ekan. Shunda men unga agar nimadandir qiynalayotgan bo'lsa albatta aytishi kerakligi, menga bo'lmasa boshqa odamga, do'stigami aytib olishi kerakligini tushuntirdim. Bunday paytlar farzandga mexr bilan qarash kerak, tushunish kerak va yaxshi gapirish kerak deb xisoblayman. Televizorda goxi ko'rib qolaman “O'spirin bolalarni urib turish kerak” degan maslaxatlarni, men buni noto'g'ri deb xisoblayman. Chunki bolani bu bilan qaxri qattiq qilib qo'yiladi, bu narsa uning ongiga baribir o'rnashib qoladi. Farzandni mexr-muxabatta katta qilsa u yaxshi inson bo'lib yetiladi va o'zingizga shunday mexr-muxabbat bilan qaytaradi.
Yana uyda jonivor bo'lishi muxim deb xisoblayman. Meni bolaligimda xam uyimizda jonivor bo'lgan va uni tarbiyadagi o'rni katta deb xisoblayman. Bolada jonivor bo'lsa u mexr-oqibat, parvarishlash, diqqat-e'tibor degan tushunchaga tarbiyalanib o'sadi.
O'g'lingiz katta bo'lib qoldi, ijodingizga munosabati qanday?
- Ijodimni albatta tushuna boshlagan, ijobiy qaraydi, unga yoqadi ijodim, mendan juda g'ururlanadi. Avvallari esa “Meni onam Shaxzoda” deyishga juda uyalardi. So'nggi paytlar gastrol yoki konsertlarga olib ketmasligimdan xafa bo'la boshladi. Gastrolga yoki biror xizmatga bolasi bilan borish yaxshi emas deb tushuntirishga xarakat qilaman. Katta bo'lsa buni tushunib yetadi. Unga ko'proq Rossiya yulduzlarining reperlari yoqadi.
G'azab bilan qanday kurashasiz?
-G'azabmasu, asab deyishim mumkin. Men yaqin insonlarimga qo'ng'iorq qilishni boshlayman. O'zimda ushlab turolmayman, gapirib olishim kerak. Meni kimdir qattiq xafa qilsa va men asablansam, albatta kimgadir qo'ng'iroq qilishim kerak. U meni tushunmasa xam meni eshitsa kifoya, men aytib olganimda yengil tortaman. O'g'limdan xali g'azabni sezmadim.
Sayyod
|