Yaqindagina Qashqadaryo viloyatida gastrol konsert dasturini taqdim
qilib qaytgan yosh iste'dodli xonanda Sharof Muqimov 2010 yilning
birinchi oyidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga konsert dasturi bilan
tashrif buyurishini ma'lum qildi...
Shuningdek, Sharof
Muqimov "Layli" deb nomlangan yangi tarona yaratdi. Sharofning
"Layli"si kim bo'ldi ekan? Albatta qo'shiqni tinglab bilib olishimiz
mumkin. Undan tashqari hazilomus "Qachon seni ko'raman" deb nomlangan
tarona ham yaratdi. Ushbu ikki taronadan biriga Muzaffar Erkinov
tomonidan klip suratga olinishi rejalashtirilgan.