Quvnoq va zukko saytdoshlarim, keling bugun biz siz bilan birga SEVGI SHAHAR chasi bo`ylab sayohatga chiqsak... Shahar aylanib yurib hayolimga birinchi kelgan narsa bu - "SEVGI yureda paydo bo`ladimi yoki Miyadami?" degan savol vujudimni chulg`ab oldi. Xo`sh sizning bu fikrimga mulohazangiz qanday? Sevishganlarga qarab, bir gap yuragimdan o`tdi. Ular "Yurakdan sevdim, kuydim", "Yuragim ishqdan ado bo`ldi!" degan so`zlarni takrorlashadi. Aslida bu xato...! Nega, nimasi xato deyishingiz mumkun. Negaki, To`g`ri sevishadi, lekin sevuvchi a`zo bu Yurak emas, balki Miyadir! Endi "Seni chin miyamdan sevaman" deyish to`g`ri ekanda deysiz??? Yo`q bunday ham emas. Chunki insonning sevgisini miya faoliyati boshqaradi. Buni o`zim tahlil qila olmay boshqalarning ham fikrini bilgim keldi.
Sevishganlarning fikri: - Xmm.. qaydan. MEn, masalan, aql bilan sevaman. Balkim sevgim miyamdadur (kuladi). Aql bilan deyishimga sabab, yonimdegi qizi bir ko`rishda emas, yillar davomida sinab, bilib yoqtirganman. MEnimcha aql bilan topilgan muxabbat uzoqqa boradi. - deydi 23 - yoshli Sherzod. - Ularning gaplariga qushilavermayman. Sevgi yurak ishi. Menimcha, miya faoliyati sog`inch, dard, visol, rashk tuyg`ularini his etiwda yurakchalik kuyinmasa keragoov... - deydi 21 - yowli Nasiba. Sevib oila qurganlar ... - Sevgi miyada paydo bo`ladi va boshqariladi. Miya hamma a`zoni boshqarib turadi, jum ladan Yurakni ham. Yurak nima? Bir parcha go`sht. Inson tuyg`ulari miyada kechadi va sevganini ko`rganida, hayajon kuzatiladi. MIya bo`lmasa yurak hech nimani sezmasdi... - deydila Jamila opa. 26 - yow. - Rafiqami birinchi marta ko`rganimda yuregim tez urgani rost. Sevgi qaerda paydo bo`ladi bilmadimu, lekin chin bo`lsa bas. Barbir ishqni ilmiy emas, badiiy talqin qilish uni yanada guzallashtiradi, deb o`yleman. - deydilar 28-yoshli Jamshidbe. Ruxshunosning fikricha ... - Barcha psixologik jarayonlar kabi emotsinal xis - tuyg`ular kechinmasi ham miya faoliyati natijasi xisoblanadi. Xis - tuyg`u xususan, sevgi tuyg`usi kechayotganda, nafas olish maromi (nafas chiqme qolishi, og`ir yoki o`qtin o`qtin nafas olish), yurak faoliyatining o`zgarishi ( Tez- tez ura boshlashi), Organizmning ayrim qismlariga qon kelishi uzgarishi ( Uyalgandan qizarib, oqarib ketiw) kabilar kuzatiladi. Demak, sevgi miya faoliyati bilan bog`liqdir. - deydilar 38 - yoshli Shoira Maxmudovna. Ana endi sizlar ham o`z fikringizni qoldirasiz degan umiddaman!
|