Zebo va "Radius 21" duet tarona yaratishganligi haqida avval xabar bergan edik, tarona "Seni sevaman" deb nom olganligidan ham xabaringiz bor. Kuni kecha "Seni sevaman" taronasiga klip olish jarayonlari ham yakunlandi. Klipni yaqin kunlarda albatta bizning saytimiz orqali birinchi bo`lib ko`chirib olish imkoningiz bo`ladi, hozircha esa klipni suratga olish jarayonlaridan fotolavhalarni ko`rishingiz mumkin.