Xar bir uchgan jism sarlochin qushmas Yozda yoqqan qor xam rostakam qishmas Yolg`on vadalarga yolg`on xam pishmas So`zlagan sozlarin qalbiga eshmas. Soxtalar ichindan qochgil qaro ko`z. Xar bir tepalikxam tog` deb atalmas Vatan degan xar kasb vatan parvarmas Kimdir yonib o`tar kim tutab qo`ymas Kimningdir qalbida tangrisi bo`lmas Bilsang bilmagandek o`tgin qaro ko`z. Orzuyim shod ko`rsam momolarimni Oppoq yaktaklarda bobolarimni El shodon tinglasa sadolarimni Tinglasang alamsiz navolarimni Salga quchoq ochib kelgin qaro ko`z. Otingni benomlik chavandozga ber Sozingni qalbi pok navosozga ber Duoni elu-yurt o`g`il-qizga ber Vadani vadani xaqqa ber o`zni o`zga ber Ushbu nasixatim bilgin qaro ko`z.