Shu oyning 15-16-17 dekabr kunlari respublikamizni Buhoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon muxlislari uchun o'zining yakkaxon kansertini taqdim qiladi.
Darvoqe, Sardor Rahimxon "Samarqandning Go'zali" nomli taronasini ilk bor kuylaganda, juda ko'p buhorolik va umuman barcha viloyatlik muxlislar rashk qilishgan edi. Endilikda Sardor buhorolik muxlislar uchun "Buhoro Go'zali" deb nomlangan yangi tarona yaratdi. Ilk bor ushbu qoshiqni viloyatlar bo'ylab uyushtrilayotgan gastrol turnelarida muxlislari tinglashi mumkin. Qo'shiqning so'zi Botir Ergashev, musiqasi esa Iqbol Muhammadjonovga tegishli.