Главная » 2009»Декабрь»18 » Sardor Isroilovni katta sahnada yaxshi qabul qilishdi!
00:43
Sardor Isroilovni katta sahnada yaxshi qabul qilishdi!
13-14-15 dekabr kunlari "Istiqlol" san'at saroyida Dilfuza Ismoilovaning yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tdi. Ushbu konsert dasturida xonandaning o'g'li Sardor Isroilov ham chiqish qildi. Sardor o'zining 2 taronasi bilan konsertda ishtirok etdi.
Sardorning katta sahnadagi ilk chiqishi muxlislar tomonidan qarsaklar bilan qarshi olindi. Xabaringiz bor yosh xonanda yaqindagina o'zining "Azizam" nomli qo'shig'iga ishlangan klipini taqdim etgan edi. Endi esa "Hayol" qo'shig'iga ham klip suratga olish niyatida. Ertaga, 19 dekabr kuni soat 17:00da esa Sardor bosh rollardan birini ijro etgan "Xato" filmi prem'erasi bo'lib o'tadi.