
Статистика |
XOZIR SAYTDA 13 MEXMON 13 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2014 » Октябрь » 14 » Rossiyaliklarning 54 foizi internetni senzura qilishni ma’qullaydi.
19:58 Rossiyaliklarning 54 foizi internetni senzura qilishni ma’qullaydi. |
Rossiyaliklarning 54 foizi internetda ko‘plab xavfli saytlar va materiallar borligi sababli tarmoqda senzura joriy qilish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bunday xulosaga 26—29- sentabr kunlari “Levada” tahlil markazi tomonidan mamlakatning 46 ma’muriy birligida 1630 kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida kelingan. So‘rovda qatnashganlarning 31 foizi xavflilik darajasi oshirib yuborilgani va senzura kiritish mumkin emasligini aytgan. 16 foiz ishtirokchilar esa javob berishga qiynalgan. So‘rov qatnashchilarining 37 foizi Rossiya Davlat Dumasi tomonidan rossiyaliklarning jahon internetiga ulanishni cheklash to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinishini yoqlamasligini, 38 foizi bunday cheklovga befarq qarashini, 15 foizi esa qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 461 |
Добавил: FARRUH_6777
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|