Главная » 2011»Ноябрь»14 » Rossiya internet foydalanuvchilari soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqib oldi
00:53
Rossiya internet foydalanuvchilari soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqib oldi
2011-yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra Rossiya internet foydalanuvchilari soni bo‘yicha Germaniyadan o‘tib ketdi hamda bu borada Yevropada birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda "comScore” tadqiqot kompaniyasi ma’lum qilgan.
Shunday qilib, hozirda Rossiyada internet foydalanuvchilari soni 50,81 million kishini tashkil qiladi. Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Germaniya (50,14 million) va Fransiya (42,35 million) egalladi. Umumiy hisobda esa butun Yevropada 373,4 million internet foydalanuvchisi mavjud.
Yevropada eng ko‘p tashrif buyuriladigan internet-resurs Google kompaniyasining saytlari deb topildi. Ularning bir oylik auditoriyasi sentabr oyida 341,3 million noyob tashrifchidan iborat bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu reytingni tuzishda "comScore” kompaniyasi 49 ta Yevropa mamlakatida yashovchi, 15 yoshdan katta hamda internetga o‘z uyidan yoki ishxonasidagi kompyuterlardan kiruvchi internet foydalanuvchilarini hisobga olgan.