Ravshan Ermatov : Birinchi navbatda menga futbolni tushuna olishim yordam berdi,Shunki Men 7 yoshimdan futbol o'ynashni boshlaganman va 20 yoshligimda olgan og'ir jarohatim tufayli xakamli yo'lini tanlashga majbur bo'lganman.12 yillik futbol o'ynagan davrim menga xakamlikda yordam berdi shunki men futbolda xakamlik qilish chog'ida kim xaqiqatdan xam qo'pollik bilan to'xtatib qolindi-yu va kim jarima zarbasi ishlash uchun atayin o'yin qoidasi buzlgandek ko'rsatishga xarakat qildi buni bilishimda ushbu futbol faoliyatim yordam bergan.Bu esa xakamlikda juda muhum.
AMORE MIO: O'zbekiston va Janubiy Korea uchrashuvida o'yin boshida terma jammoamizga ko'rsatilgan qizil karochkadan so'ng jamoamiz ruhan tushkinlikka tushdi va mag'lubiyatga uchardi.Ushbu vaziyatga qanday fikr bildirasiz?va xakamlarimiz saviyasi xaqida?
Ravshan Ermatov : Ushbu o'yinda men nima uchun xakam qizil kartochka ko'rsatganini tushunmayman.Xakamlik faoliyatida ikki terma jamoaning o'yin davomida o'zaro munosabati xam inobatga olinadi.Lekin ushbu o'yinda ikki jamoa o'yinchilari o'zaro iliq munosabatda edi.Ushbu xarakati bilan millionlab futbol muhlislarini ruhini tushurdi.
AMORE MIO: Osiyo chempionati baxslarida futbol muhlislari orasida finalga yoki O'zbekiston terma jamoasi yoki Ravshan Ermatov chiqadi degan gap tarqaldi bunga qanday munosabat bildirasiz?
Ravshan Ermatov: Osiyo chempionati baxslaridan miliy terka jamoamiz 4 – o’rinni egladi.O’zbekiston va Avstraliya terma jamosi o’rtasidagi o’yinni eslashni xam xoxlamayman.FIFA raxbariyatini shunday talabi bor agar xakamning yurti terma jamoasi yarim final baxslariga chiqsa xakam almashtiriladi.Osiyo chempionatida men yarim finaldan so’ng baxslarni muhlislar orasida kuzatdim lekin aslida bu biz xakamlar uchun mumkin emas.
AMORE MIO : Siz yiqilgan o’yinchilarga oldin o’rnidan turishga ko’maklashib keyin sariq yoki qizil kartochka ko’rsatasiz.Bu FIFA qonun qoidalarimi yoki sizning etika qoidalaringiz?
Ravshan Ermatov : Bu qoidalar o’zimning qoidalarim shunki menimcha yiqilgan o’yinchiga sariq yoki qizil kartochka ko’rsatish menimcha madaniyatsizlikka kiradi.
AMORE MIO : Avvalari 11 metrlik jarima zarbasini tepish chog’ida o’yinchi xakam ruxsatidan so’ng xarakatni boshlab yarimida to’xtatib va yana davom etirib to’p tepishi mumkin edi lekin FIFA yangi qaroriga ko’ra endilikda bunday xolat jazolanadi bunga qanday qaraysiz?
Ravshan Ermatov: Bunday vaziyatda o’yinchi darvazobonni chalg’itishga xarakat qiladi yanu bu xam qaysidur manoda yolg’on ishlatish.
AMORE MIO: Milliy Terma jamoamiz so’ngi o’yinlariga qanday baxo berasiz?
Ravshan Ermatov : Osiyo Chempionati baxslarida Aleksandr Genrixni o’yinidagi o’zgarishga qoyil qoldim.U uchbu baxslar davomida yaxshi o’yin ko’rsatdi.Umuman olganda Genrix uchun bitta gap kam ikkita gap ortiqcha.