Assalomu alaykum aziz dindoshim! Bu kun har
kungidan ham go'zal, har doimgidan-da faraxli kun! Chunki bu iydal fitr
kunidir. Musulmonlar hayit kunida dunyodagi eng baxtiyor insonlardir.
Birodarim, sizni ham ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!
HAYIT
Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.
Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam.
Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf.
Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.
Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha.
Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar,
Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar.
Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi,
Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi?
Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr.
Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr.
Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir.
|