

Balki bu rasmni biladiganlar bordir. Chunki, dunyoda mashhur bo'ldi. Rasm 1994 yili Sudan'da fotograf Kevin Carter tarafidan olinadi va rasm uchun Pulitzer mukofotini qozonadi. Bola emaklab 1 km uzoqdagi Birlashgan Millatlarga oid chodirga yetishmoqchi...Orqasidagi o'laksaho'r qush esa, bolaning o'lishini kutyabdi. Fotograf rasmni olar-olmaz u yerdan uzoqlashadi...Hech kim bolaga nima bo'lganini bilmaydi...Fotograf 3 oy so'ngra depressiyaga kiradi va intihor etadi... 
Biz "nonni suvi qochib qolibdi", yoki "yangi ovqat yo'q-mi" der ekanmiz, ayni soniyalarda dunyoni qaysida burchagida insonlar ochlikdan o'lishyabdi...
Allohi Taoloning A'rof surasida bizlarga: "Ey Odam bolalari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz (ya’ni toza libosda bo‘lingiz) hamda (xoxlaganingizcha) yeb-ichaveringlar, faqat isrof qilmanglar. Zotan, U isrof qilguvchi kimsalarni sevmas". (A'rof. 31) buyruqlarini yoki Payg'ambarimizning (S.A.V) : "Qo'shnisi och ekan, to'q yotgan bizdan emasdir" Hadisi Shariflarini yana bir bor eslashda foyda bor...

|