"Titanik"ni ko'rmagan tomoshobin bo'lmasa kerak. Filmdan hayratlanish asosida uni yaratgan rejissyor ishiga ham tan beramiz. Jeyms Kemeron shunday durdona kinoasarni yaratganidan 12 yil o'tib mazkur yilning Dekabr oyini oxirlariga yana bir ulkan ijod mahsulini butun dunyoga namoyish etadi. "Avatar" deb nomlanmish ushbu kartina ilmiy fantastik janrda bo'lib, uning har bir daqiqasi sizni hayrat ummoniga chorlayveradi. Maxsus effektlar, kompyuter grafikasi shu qadar ishonchli yaratilganki, bu o'zga dunyodek tanish ko'rinadi! Rejissyor shunday deydi: "Avatar mening orzularimni ushalishi shu bois birgina loyiha ustida zerikmasdan ishladim" "20 th Centuru Fox" studiyasi taqdim etadigan ushbu kartinada Sem Vashington va Zoya Saldanalar bosh ro'llarni ijro etishgan. "Titanik" "Oskar"ning 11 ta oltin haykalchasini qo'lga kiritgan edi. Rejissyorni 12 yil vaqti sarflangan "Avatar" filmi ham bunday muvaffaqiyatga erisha olarmikan? Ma'lumotlarni "UzBOLA" to'pladi.