Aytishlaricha, qadimgi Xitoy va Gretsiyada odamning fe’l-atvorini qoshlarga qarab o’rganishgan ekan.
Keng
va uzun qoshlar xarakterning mukammalligidan darak beradi. Ularning
shakli, rangi va qalinligi ehtiros, aql va xarakterning mutanosibligini
bildirsa, qattiq va dag’al qoshlar esa buning aksi.
Agar
qalin qoshlarning uchi yuqoriga ko’tarilgan bo’lsa, bunday kishilar
ochiqko’ngil va jasoratli. Ularning hayotda omadlari yurishadi, katta
yutuqlarga erishishadi. Qoshlarining uchi pastga qarasa, bunday qosh
sohiblari uyatchan.
Katta,
lekin qalin qoshlar jahldorlik belgisi ekan, shuningdek, dag’al qoshlar
«shayton» xarakterga egalik belgisidir. Erkaklarning qoshi qalin,
«og’ir» va bir-biriga birikkan bo’lsa, birovdan ustun kelish uchun
kurashuvchan ekanligini bildirarkan, bunaqa qoshli ayollar esa uy
ishlariga kirishib ketolmaydi.
Qoshlarning balandda joylashishi sobitqadamlikni, ko’zga yaqin joylashishi buning teskarisini bildiradi.
izoh: Ushbu ma`lumot www.sherlar.uz saytiga tegishli
|