YAKSHANBA, 2025.07.20, 18:41
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 27 » QISQA DAVOM ETGAN NIKOHLAR
13:25
QISQA DAVOM ETGAN NIKOHLAR

   Nikoh marosimi va nikohlanuvchilarning hammaning diqqat e`tiborida bo`lishi bu baxt kaliti emas. Ular orasida ham ajrashishlar ko`p kuzatiladi. Shunday juftliklar ham borki, mehrob oldida butun umr birga bo`lishga ont ichib, nikoh guvohnomasiga qo`l qo`yish vaqtida bir-birini ko`rishga ko`zi yo`q bo`ladi. Quyida dunyoga mashhur kishilarning ana shunday qisqa vaqt davom etgan nikohi bilan sizni tanishtiramiz.
Aktyor va aktrisa Bredli Kuper va Jenifer Espozito orasida tuzilgan nikoh to`rt oy davom etdi. 2006-yilda Fransiyada nikohdan o`tgan ushbu juftlik to`yga qadar ham uchrashib yurishar edi. 2007-yilning may oyida esa Los Anjelos sudi ularning ajralish to`g`risidagi arizasini o`rganib chiqib, ajrim to`g`risida qaror chiqardi. Aktyor bu haqda gapirar ekan, hatto bu nikoh uzoq davom etganligini ham ta`kidladi.
Rene Zellveger va Kenni Chesni orasida tuzilgan nikoh ham to`rt oygina davom etdi. Nikoh marosimi shunchalik dabdaba bilan o`tgan edi-ki, marosimda qatnashganlar arjalish haqidagi xabarni eshitib hayratini yashira olishmadi. Mashhur aktrisa va musiqachi o`rtasidagi bu nikoh 2005-yilning 9-mayida Virjiniyadagi orollardan birida bo`lib o`tgan edi. Ajralish vaqtida kelin kuyovni yolg`onchilikda yablagan.
Pamela Anderson va Kid Rok ham to`rt oy o`zaro nikohda yashashgan. Ularning nikoh marosimi Sen-Tropedagi yaxtada bo`lib o`tgan edi. Marosim bir hafta davom etgan. Pamela bu haqda o`zining internet sahifasida “Bu eng jozibali kunlar edi”, deb yozgandi. Oradan to`rt oy o`tib bu yozuv o`rnida “biz bir birimizga to`g`ri kelmadik”, degan so`zlar paydo bo`lgan. Shundan so`ng Pamela Anderson Peris Hiltonning sobiq turmush o`rtig`i Rik Solomon bilan nikohdan o`tdi. Bu nikoh esa besh oy davom etdi.
Nikolas Keyj va Liza Mariya Preslining nikohi uch oy davom etdi. Gollivud aktyori va Elvis Preslining qizi o`rtasidagi nikohga ko`pchilik avvaldanoq ishonqiramay qaragan edi. Bu esa o`z isbotini topdi. 2002-yil avgustda Gavayi orollarida juda dabdabali marosim tashkillashtirilgan edi. Oradan bir necha kun o`tib ular orasida “harakterimiz bir-birimizga to`g`ri kelmadi”, qabilidagi gaplar paydo bo`la boshlagan.
Aktrisa Dryu Berrimor 1994-yilda Jemi Tomasga turmushga chiqdi. Ikki yil uchrashib yurgan juftlik o`z munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashga qaror qilishdi. Afsuski bunday bo`lmadi. Ularning o`rtasidagi munosabatlar bor yo`g`i 19 kunga yetdi.
Aktyor Eddi Merfi va kinoprodyusser Treysi Edmonds 2008-yilning 1-yanvarida o`zaro nikohdan o`tishdi. Ularning fikricha yilni qanday boshlasang shunday davom etadi. Nikoh marosimi Bora-bora orolida nishonlangan bo`lib, nikoh Okean ortida qayd qilinishi lozim edi. Afsuski, juftlikning o`zaro munosabati bunga chiday olmadi. Ular ikki haftadayoq ajralishdi.
1998-yil 14-noyabrda Las-Vegasda qayd etilgan aktrisa Karmen Elektra va basketbol ustasi Dennis Rodmen o`rtasidagi nikoh ham juda qisqa davom etganligi bilan e`tiborga molik. Nikohdan 9 kun o`tib, kuyov marosim kuni mast ekanligi sababli nikohni bekor qilishni suddan so`ragan.
Britni Spirs va Jeyson Aleksander orasida nikoh o`qilganida ularning ikkisi ham mast emas edi. Biroq Britnini onasi buni eshitib , Las-Vegasga tezlik bilan uchib bordi. Uning fikricha o`sha paytda qizi mustaqil qaror qabul qiladigan ahvolda emas edi. Shu sababli bu nikoh 55 soat davom etgan. Britni keyinchalik ham turmushga chiqqan va bu avvalgi nikohidan ko`ra uzoqroq davom etgan.


Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 1606 | Добавил: shohruxxon | Рейтинг: 4.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz