Turkiya so’ngi yillarda kino sanoati bo’yicha yuqori o’rinlarga chiqib bormoqda. Mashhur kinomaxsulot ishlab chiqaruvchi "Pana film” "Qashqirlar makoni” serialining navbatdagi faslini Falastinda suratga tushirmoqda. Falastinning Tar nomli hududining axolisi uchun, ijodiy jamoa va aktyorlar juda katta qiziqish uyg’otdilar. Filmning yangi fasli juda ham profisional...
Turkiya so’ngi yillarda kino sanoati bo’yicha yuqori o’rinlarga chiqib bormoqda. Mashhur kinomaxsulot ishlab chiqaruvchi "Pana film” "Qashqirlar makoni” serialining navbatdagi faslini Falastinda suratga tushirmoqda. Falastinning Tar nomli hududining axolisi uchun, ijodiy jamoa va aktyorlar juda katta qiziqish uyg’otdilar. Filmning yangi fasli juda ham profisional darajada suratga olinmoqda. Film ijodkorlarining aytishicha, yangi faslning taqdimoti katta dabdaba bilan o’tishi ko’zda tutilmoqda. Sababi ijodiy jamoa va aktyorlar ozmuncha ishlashdimi? Mehnatga yarasha mukofotni esa xalqning o’zi beradi deyishmoqda. Film taqdimoti 2010-yilning 5-noyabr sanasiga mo’ljallandi. Huddi shu vaqtning o’zida Turkiya va jahonning ko’plab mamlakatlariga taqdimot marosimini efirga berish mo’ljallanmoqda. "Qashqirlar makoni Falastin” deb nomlangan ushbu fasl "Pana Film” tomonidan keyinchalik sotuvga ham chiqarilishi ko’zda tutilmoqda. Yangi fasl speseffekt va ajoyib tryuklarga boy bo’lishi aytilmoqda. Yangi faslda yangi aktyorlarni ham ko’rishingiz mumkin. Tez kunlar ichida yangi aktyorlar haqida ma’lumot va suratlarni bizning saytdan bilib olishingiz mumkin. Filmning davomi haqida ham eksklyuziv tarzda www.diydor.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.