
Portalining "Intervyu" bo'limi ham kun sayin estrada yulduzlari, bastakorlar va kino aktyorlarining bir-biridan qiziqarli suhbatlari bilan boyitilib borilmoqda. Bugun sizning e'tiboringizga "Setora" guruhi tarkibida o'z faoliyatini boshlagan, so'ngra ba'zi sabablarga ko'ra guruh nomi "Se*tanho" deb o'zgartirilgan, hozirda esa Leyli taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Laylo bilan bo'lib o'tgan suhbatni havola qilamiz…
–Anchadan beri siz bilan ko'rishmagan edik. Hozirda nimalar bilan bandsiz? –To'g'ri aytasiz. Hozirda yangi yozgan qo'shiqlarimdan biriga klip ishlashni rejalashtirganman. Lekin klip O'zbekistonda suratga tushirilmaydi. Hozircha aynan qayerda suratga olinishi sir. O'ylaymanki, muxlislarimga manzur bo'ladi. Har xolda biz yaxshi ijod qilish uchun harakat qilmoqdamiz. –Klipni kim suratga oladi? –Klipni ham O'zbekistonda ijod qilayotgan rejissorlar suratga olishmaydi. –Qo'shiq qanday nomlanganishini ayta olasizmi? –Bitta klip suratga olayotganimiz yo'q. Men so'nggi 3 ta yaratgan taronalarimga klip suratga olishni rejalashtirganman. Shulardan aynan qaysinisini o'zbek tomoshabinlariga taqdim qilishimni o'ylab ko'rmadim. –Yana qayerda "aylantirish"ni rejalashtirgansiz? –Agarda qayerda "aylantirish"ni rejalashtirganimni aytsam, barchasi oshkor bo'lib qoladi. Bir narsani aytishim mumkin, aniq Moskva yoki Qozog'istonda aylantirmayman. –Balki Yevropa davlatlaridadir… –Bo'lishi mumkin. –Laylo, mening savolim shunday. Yangi taxallusingiz hususida… –Mening asl ismim Laylo. Sobiq "Setora" va "Se*tanho" guruhlarining a'zosi. Avvaliga "Leyla" yoki "Leyli", qay birini tanlashga boshimiz qotgan. Laylo ismli xonanda bo'lgan, shuning uchun bizlarni adashtirmasliklarini xohlaganman. "Leyla" ismlilar ham ko'p. "Leyli" bo'lsa, oddiy emas original taxallus. –1998 yilda ilk bora san'at olamiga kirib kelganingizni bilamiz. O'sha davr bilan hozirgi davr shou-biznesi orasidagi farq haqida nima deya olasiz? –1998 yillarda artistlar juda kam bo'lgan va eng yaxshilar ijod qilgan,-deb to'liq ayta olaman. Agar yigitlardan tashkil topgan guruh bo'lsa, eng yaxshi guruh bo'lgan. Agar qizlardan tuzilgan guruh bo'lsa ham ular ham eng yaxshisi bo'lgan. Biz xali shou-biznesda qizlar guruhi bo'lmagan paytda san'atga kirib kelganmiz. To'g'ri, "Sideris" guruhi bo'lardi, ammo biroz vaqt o'tib ular tarqab ketishdi. Erishgan yutuqlarimizning go'zalligini va sharafini his qildik. Hozirda nafaqat o'zbek estradasida balki jahon shou-biznesida juda ham ko'p yangi xonandalar ijod qilishmoqda. Ularni hatto tanimaymiz ham. Bu holatga yaxshi. Ammo men o'ylaymanki, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng yaxshi ijod qila olmayotgan san'atkorlarni baho berishni boshlashadi. Haqiqattan ham arziydigan va kuchli san'atkorlar 2-3 yildan keyin ham huddi shunday qoladi. Bugun qo'shiq kuylab, ertaga yo'q bo'lib ketadiganlar o'z-o'zidan qolib ketadi. Albatta bu mening shaxsiy fikrim. –Nima uchun sizlarning guruhingiz tarqab ketdi? –Qanday qilib, sizga to'g'ri tushuntirishni bilmayabman. Bizning guruh tarqab ketgani yo'q. Lekin legenda bo'lib qoldi. Tarix qoldi, Feruza, Laylo va Kamila bo'lmasa ham guruh nomi qoldi. Chunki har bir ijodkor o'zini sinab ko'rishni xohladi. Kimdir xorijga o'qishga ketdi, kimdir milliy yo'nalishda kuyladi. Feruzani nazarda tutyabman. Unda juda kuchli imkoniyatlar va iste'dod bor. Shu jumladan men ham o'zimning uslubimda kuylab ko'rmoqchi bo'ldim. Lekin 21 yildan beri ijod qilgan bo'lgan bo'lsak, hozirda yakkaxon tarzda ijod qilmoqdamiz. Balki vaqti kelib yana guruh sifatida faoliyat olib borarmiz. Unda "Setora" yoki "Se*tanho" nomi bilan chiqamizmi, buning ahamiyati yo'q. Ammo guruh tarkibida Feruza, Kamilla va Laylo bo'ladi va boshqa hech kim bo'lmaydi. Albatta bizning muxlislarimizning ko'nglini olamiz. –Bir-biringiz bilan hozirda qanday munosabatdasiz? –Judayam zo'r. Men Feruzaning ijodini kuzatib boraman. Uning qilayotgan ijodi menga yoqmoqda. –Maslahatlar ham berasizmi? –Bilasizmi, biz bir-birimizga maslahat bermaymiz. Chunki biz ijodiy maslahatlar bermaymiz,-deb kelishib olganmiz. Biz shunchaki dugonalar sifatida gaplashamiz. –Bizning portal internet resurs hisoblanadi. Siz internetga qanday qaraysiz? –Yaxshi qarayman. Bo'sh vaqtimda ba'zi saytlarga kirib turaman. Internet orqali muxlislarim bilan muloqotda bo'laman. Shu bilan birga asosan men biror ma'lumot izlayman. O'zimning ijodimni boyitish maqsadida, musiqa tinglayman. Jahon shou-biznesida qanday voqealar yuz berayotganini ham aynan shu internet orqali bilib olaman. –Sizning anketangiz www.odnoklassniki.ru saytida bormi? –(Kuladi). Ha. Anketalarim u yerda men biladiganlarim minimum 4 ta. 4 ta anketadan biri o'zimniki. Qaysi biri aynan men ekanligimni aytmayman. –Siz 3 yil mobaynida shou-biznes olamida ko'rinmadingiz. Shu davrda siz nimalar bilan mashg'ul bo'ldingiz? –Bu davrda men o'z oilam bilan bo'ldim. Mana o'g'lim ham maktabga borishni boshladi. Musiqadan men dam oldim ham deb ayta olaman. Turli davlatlarga sayohatga ham bordim. –Hozirda kimlar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqdasiz? –Bastakor Sur'at Karimov bilan ishlamoqdaman. Birinchi galda ularning odamiylik hislatlari yoqadi. Juda ham iste'dodli inson. She'r borasida esa rus tilidagi qo'shiqlarimga o'zim she'r yozaman. Ingliz va fransuz tillardagi qo'shiqlarimga esa, ajoyib inson Ilya Shvartsman. U yaqinda Yevropaga uchib ketmoqda. Shuningdek, Artyom Drobishev, mening imijim va kiyimlarim ustida bosh qotiradi va Lidiya Andre esa klip g'oyalarini yaratadi. Albatta mening administratorim Arsen Shasikov. Arsen mening qo'lim, oyog'im, ko'zim va qulog'im. Darvoqe, menda yana 2 ta Janik va Vova ismli yigit bor. Ular mening o'yinchilarim. Bular oddiy o'yinchi emas, balki shou kompozitsiya hisoblanadi. –Avval "Setora" guruhi konsert taqdim qilganida, konsert dasturi juda katta anshlag va har tomonlama kuchli tayyorgarliklar bilan o'tardi. Hozir esa tomoshabinlar konsertga tashrif buyurishmaydi yoki konsert dasturi u darajada yaxshi o'tmayabti. Nima uchun shunday bo'lmoqda… –To'g'ri aytasiz. Nafaqat Toshkentdagi balki Respublikamizning qaysi hududida bo'lmasin konsertlarimiz avval anshlag bo'lib o'tardi. Esimda, gastrol safari bilan Samarqandga borganimizda, konsertimiz katta stadionda bo'lib o'tgan. O'shanda, bizni 25000ga yaqin muxlisu-muxlisalarimiz qarshi olishgan. Biz bundan judayam hursand bo`lganmiz. Konsertlarimiz keyinchalik anshlagda o`tmasligining sababi menimcha guruh nomi "Setora"dan "Se'tanho"ga o'zgargani bo'lsa kerak. Chunki ko'pchilik "Setora" nomiga ko'nikib bo'lgandi. Qolaversa guruhimiz nomi o'zgargandan keyin ijodimiz ham sustlashdi. –Biz avvallari "Setora" guruhining original va takrorlanmas kliplari orqali yaxshi tanirdik. Sizning ijodingizda esa buni sezmayapmiz. –Oldinlari biz "Tarona records" kompaniyasi bilan birgalikda ishlardik. U yerda bizga ko'pchilik har xil g'oyalari bilan yordam berishardi. Ularni yordami bizga ko'p tegardi. Buning uchun biz ulardan minnatdormiz. Qolaversa, professional klipmeykerlar bilan ham ishlardik. Mening kliplarimga keladigan bo`lsak, klip olinayotgan paytda yo mening vaqtim kamroq bo'ladi yoki menda vaqtim bor paytda klipmeyker band bo'ladi. Mana shuning evaziga bo'lsa kerak, kliplarimda bir xillik ro'y berayotgandir. O'ylaymanki bundan keyingi kliplarimda bunday kamchiliklarga yo'l qo'yilmaydi. –Ijodingizda rus, ingliz va fransuz tillarida qo'shiqlar bor-u lekin o'zbek tilida esa… –O'zbek tilida ham bitta qo'shiq kuylaganman. Qo'shiqning nomi "Leyli". Qo'shiq matnini avval o'zim rus tilida yozganman. Keyin esa iste'dodli bastakor, qolaversa yaqin do'stim va hamkorim Jahongir.uz bu she'rni o'zbek tiliga o'girib bergan. Musiqasini esa Surat Karimov bastalagan. –Sizni xonanda Sardor Rahimxon bilan birgalikda "SMS" kartinasida rol ijro etganingizni bilamiz. Undan keyin sizga yana kinoda rol ijro etish uchun takliflar tushdimi? –Bilasizmi, hozirda ham filmda rol o'ynash uchun takliflar juda ko'p bo'lyapti. Lekin men kinoda o'ynashni xohlamayabman. –Nima sababdan? –Sababi so'nggi paytlarda ko'plab xonandalar kinoda rol ijro etishmoqda. Aktyorlik mahorati yo'q xonandalar ham mas'uliyatli rollarni ijro etishmoqda. Buning evaziga kinolarimizga muxlislarning qiziqishi yo'qolib ketmoqda. Kinoda rol ijro etish uchun insonda bilim va aktyorlik mahorati bo'lishi kerak. Buning uchun maxsus aktyorlik sohasida o'qish kerak. –Mabodo Gollivuddan kinoga rol ijro etish uchun chaqirib qolishsa… –Agar bu judayam muhim bo'lsa, rozilik berardim. Scenariyni o'qib chiqib, qahramonim ustida kamida yarim yil tayyorlanardim. –Qachon Leylining yangi albomidagi qo'shiqlarni eshitamiz? –Qo'shiqlarim dunyoning ko'plab musiqiy saytlarda joylashtirilgan. Masalan sherlar.uz saytidan bugundan boshlab siz qo`shiqlarimni tinglashingiz mumkin. –Duet kuylash haqida fikringiz qanday? –Qachonki intervyu bersam, muxbirlar mendan shu haqda so'rashadi. –Sting bilan duet kuylash sizningcha… –Kutilmagan inson bilan duet kuylash… Buni ko'pchilik xohlamasa kerak. Duet kuylashdan oldin duetdoshing senga har tomonlama mos tushishi kerak. Masalan, "Doykarte" bilan "Gorod 312" duet kuylashgan. Biri "rep" ikkinchisi "rok" yo'nalishlarida ijod qilishadi. Bu duet kutilmagan duetga misol bo'ladi. Kutilgan duetlar ichida "Beyonce" va Shakiraning duetini olib qarash mumkin. –Bilasiz hozirgi kunda har bir xonandaning shaxsiy sayti bor. Leyli qachon o'zining shaxsiy saytini yaratadi? Yoki bu hozircha kerak emasmi? –Ochig'i yaqingacha bu haqda o'ylab ko'rmagandim. Saytimni yaratish ishlarini boshlab yuborganmiz. Tez orada muxlislarimga "syurpriz" tariqasida shaxsiy saytimni yarataman. –SB.uz portalining muxlislariga tilaklaringiz… –Birinchi navbatda sherlaruz sayti O'rta Osiyo mintaqasi bo'yicha ingliz tilida aytadigan bo'lsak "Number one" darajasini qo'lga kiritsin. Muxlislarga keladigan bo'lsam, o'ylagan barcha ezgu-niyatlariga yetishsinlar. Yana shuni bilib qo'ysinlarki, SherlAR.uz portali siz bilan go'zaldir. Shunday ekan, go'zallikka o`z hissangizni qo'shganingizdan faxrlaning. Mirtohir Mirg'ulomov va Durbek Shofayziyev suhbatlashdi.
|