
UZPAYNET kompaniyasi 2011-yilda tovar va xizmatlar uchun Internet orqali onlayn-to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi UZMONEY elektron to‘lovlar tizimini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MChJ "UZPAYNET” qo‘shma korxonasi bosh direktori Muzaffar Akromov infoCOM.UZ jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Muzaffar Akromovning ta’kidlashicha, UZMONEY tizimi orqali foydalanuvchilar o‘z kompyuterlaridan uzoqlashmagan holda, minimal miqdordagi komissiya to‘lovlari bilan mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, ushbu tizim orqali kommunal to‘lovlar hamda fiksirlangan aloqa uchun to‘lovlarni amalga oshirish, provayderlarning ma’lumot xizmatlariga murojaat qilmasdan turib joriy balansni tekshirish kabi operatsiyalarni ham bajarish mumkin.
UZMONEY tizimi foydalanuvchilari o‘zlarining "elektron hamyon”larini PAYNET to‘lov tizimi yoxud bank o‘tkazmalari orqali to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur tizim jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlarini ularning elektron hamyonlariga bog‘lash va undagi mablag‘lardan xizmatlar haqqini to‘lash imkoniyatini ham beradi.
Eslatib o‘tamiz, UZPAYNET kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 2005-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya faoliyatining boshlang‘ich davrida UZPAYNET chet ellik xususiy investorlar va mahalliy investorlarga tegishli bo‘lgan.
2009-yil sentabr oyida kompaniyaning ta’sis kengashiga oid o‘zgarishlar amalga oshirildi. Hozirda UZPAYNET kompaniyasi ustav kapitalining 62,5 foizi "Xalq banki” davlat aksiyadorlik tijorat bankiga, qolgan qismi esa xorijiy investorlarga tegishli.
Yaponiya tadqiqotchilari bеsh barmoq uchun sichqonchani yaratdilar
 Yaponiyaning Double Research & Development mutaxassislari tomonidan yaratilgan manipulyator kompyutеr sichqonchalaridan qo‘l barmoqlari bilan harakatlantiriladigan alohida elеmеntlari mavjudligi bilan farq qiladi.
Amenbo nomli mana shunday konstruksiya namunasi insonning kompyutеr bilan aloqasini yanada mahsuldor qilishi ko‘zda tutilmoqda. Suratdan ko‘rinib turibdiki, barmoqlar uchun maydon baza bloki bilan yumshoq simlar yordamida ulangan, bu esa ularning mustaqil harakatlanishiga imkon bеradi. Maydonchalar bosishga ta’sirchan, shuning uchun faqat harakatlarni qabul qilmaydi, takrorlamaydi.
Kiritish yangi qurilmasi avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari bilan ishlovchi foydalanuvchilar uchun vosita sifatida taklif etiladi. Uch o‘lchamli obyеktlar bilan ishlaganda, ko‘pincha ikki qo‘l ish bajaradi va foydalanuvchining harakatlarini yanada batafsil kuzatish foydali bo‘lishi mumkin.
Ishlanma qachon tijorat mahsulotiga aylanishi to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
|