San'at olamida endigina odimlayotgan xonanda Parizod o'zining shirali ovozi bilan turli kuy-qo'shiqlarini muxlislarga tortiq etib kelmoqda. Uning "Olmacha" taronasi va unga ishlangan klipi TV hamda radio kanallarda jarang sochmoqda.
Yosh bo'lishiga qaramay, Parizod ko'p yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, oktyabr oyida Xalqaro Turistik Yarmarkada ishtirok etganini ham ko'rsatishimiz mumkin. Mana shu tadbir mobaynida tushirilgan fotosuratlar esa bugun sizning hukmingizga havola qilinadi. Yaqin kunlarda esa "Olmacha" taronasiga ishlangan klipini ham sizga havola etamiz.