O`zbek estradasida eng omadli duetdoshlar Oybek va Nigora o`zlarini elga tanitgan "Akfa media" prodyusserlik markazidan ketishga qaror qilishdi! Shu yilning oxirida ularning, qo`shimcha ravishda Ziyodaning ham shartnomasi o`z yakuniga yetadi. Ketishning eng asosiy sababi maoshlar bilan bog`liq deyishmoqda. Lekin aniq 1 ma'lumot yo`q. "Akfa media"ning matbuot xizmati vakillari nima uchundir qo`ng`iroqlarimizga javob berishmayapti. Nima bo`lganda ham Oybek va Nigoraning "Akfa"dan yilning oxirida ketishi kundan-kunga oydinlashib bormoqda. Ziyoda haqida esa aniq ma'lumot yo`q. Endi... Faqat kutamiz!