Bugun Oybek & Nigora dueti o'zlarining bir emas, ikki taronasining prem'erasini o'tkazishni maqsad qildi. "Eslayman" hamda "Samimiy muhabbat" deb nomlangan ushbu qo'shiqlar qisqa muddat ichida radiotinglovchilarning nazariga tushishga ulgurdi. Qo'shiqlar Botir Aliev bilan hamkorlikda yaratildi. She'rni esa Oybekning o'zi yozgan. Tez orada Oybek va Nigora dueti ushbu qo'shiqlarning biriga klip suratga olish ishlarini boshlab yuborishni rejalashtirgan.